Yolg'on hadis to'qishdan saqlanish
03 апрел 2019 й.
4198 марта ўқилди.

 

Yolg'on hadis to'qishdan saqlanish

    Anas ibn Malik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Kimki menga qasddan yolg'on hadis to'qisa, o'zi uchun do'zaxdan joy tayyorlab olaversin", dedilar.
    Bugungi kunimizda hadis rivoyat qilish odobi juda ham dolzarb masalaga aylangan desak xato qilmagan bo'lamiz.
    Ma'lumki, dinimizning eng asoyiy manbalari bu Qur'oni karim va Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari hisoblanadi. Quroni karim Allohning kalomi bo'lsa, hadislar Payg'ambar alayhissalomning sunnatlardir. Mo'min musulmonlar bu ikki manbadan o'z hayotlarida doimo unumli foydalanib kelganlar. Lekin shuni bilishimiz lozimki, eshitgan yoki ko'rgan narsani hadis deb ketaverish va Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar, deb roviysi va sanadini surishtirmay turib, uni ko'pchilikka aytish umuman joiz emas.
    Yuqoridagi hadisda aynan Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytmagan narsani aytdi, deb da'vo qilish yoki beparvolik bilan, uni chuqur anglamay biron hikmatli so'z, maqol yoki shunga o'xshash narsani ham hadis deb aytishdan qattiq qaytarilib, uning oqibati yomon bo'lishi ta'kidlanmoqda. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam e'tiqod, halol va harom, shariat ahkomlari haqida xabar beradilar. Bilib bilmay bir narsani hadis deyish yoki yolg'on gapirish bu Islom diniga zarar yetkazishdan boshqa narsa emas. Shuning uchun bunga ahamiyatsiz bo'lmasligimiz kerak.
    Aslida hadis ilmiga ko'ra, hadis rivoyat qilganda albatta uning roviysini (Buxoriy, Muslim yoki Termiziy) aytib ketish lozim. Agar hadisning sanadi zaif bo'lsa, uni ham zikr qilish talab qilinadi. Mavzu', asli yo'q, to'qib chiqarilgan hadislarni rivoyat qilish, ulamolar ijmosiga ko'ra haromdir. Agar aytayotgan hadisining sanadini aniq bilmasa, u holda "aytiladiki", "hadisda keltirilishicha" kabi iboralar bilan bayon qilinadi. Ayniqsa, ahli ilmlar bunga ham e'tibor qaratishlari lozim bo'ladi.
    Oddiy kitobxonlar esa biron kitob mutolaa qilayotganda hadis uchrab qolsa, avvalo uning sanadi sahih, hasan, zaif yoki mavzu' ekani bilan qiziqishlari kerak. Kitobda mana bunday deb yozib qo'yibdi, deb har narsani hadis sifatida qabul qilaverish aqilli, ziyrak mo'minning ishi emas. Bu masalada barchamiz hushyor bo'lishimiz, dinimiz sofligini ta'minlashga harakat qilishimiz shart.


Karimov Olimjon
Peshku tuman "Xo'ja Peshku" 
jome' masjidi imom xatibi.
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram