Baraka –osoyishtalikda
02 май 2018 й.
2143 марта ўқилди.

  Baraka –osoyishtalikda

Biz shunday tinch, totuv, osoyishta zaminda yashayapmiz. Azaldan yoshi ulug`larimiz tinchlik, osoyishtalik bor yerda doimo baraka, yuksalish bo`ladi, deyishgan. Haqiqatan ham, shunday. Zaminimizning barakasi boshqacha.
Biz ko`pni ko`rgan, tajribali insonlar bilan gaplashsak, Alloh barakangizni bersin, degan duoni eshitamiz. Xo`sh, aslida baraka nima? 
Alloh molda, jonda, rizqda, vaqtda, ilmda, farzandlarda baraka berishi mumkin. 
Ba`zi insonlar uzoq vaqt yashasa-da, ortlaridan hech qanday yaxshi iz qoldirmaganday. Ba`zilar esa qisqa umrlari davomida ham buyuk-buyuk ishlarni bajarishga ulguradilar. Bu Allohning ularga bergan barakasidandir. Bunga yaqqol misol qilib, yaqinda oramizdan o`tgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini keltirsak bo`ladi. U kishi 63 yil umr ko`rdilar. Shu vaqt davomida hazrat 120 dan ortiq kitob tasnif qildilar, qancha-qancha shogirdlar yetishtirdilar. Islomni to`g`ri, ilmiy asosda xalqqa tushunira oldilar. Farzandlar tarbiyasi va ularning ilm olishiga ham alohida ahamiyat berganlar.  Bu Allohning shayx hazratlarining umrlari va ilmlariga yog`dirgan barakasidir.
Payg`ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning barakalari u kishining mo`jizalaridandir. Bir misolni keltirib o`tmoqchi edim. Xandaq g`azotida bir kuni Jobir ibn Abdulloh Payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallamni kechki ovqatga taklif qiladilar. Payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallam o`sha yerda bo`lgan barcha sahobalarni ham taklif qildilar. Jobir ibn Abdullohning buncha kishini to`ydirishga yetadigan taomi yo`q edi. Kechki payt Payg`ambar s.a.v. sahobalar bilan keldilar. Jobir r.a ularning oldilariga bir tovoqda ovqat qo`ydilar. Payg`ambar s.a.v taomni avval o`zlari boshlab berdilar. Keyin esa qolgan barcha sahobalar ham shu tovoqdagi ovqatdan yeyishdi. Ul zotning barakalaridan barcha sahobalar taomdan yeb, to`yishdi. Hattoki, idishda yana taom qoldi. Bu Payg`ambarimiz sollollohu alayhi vasallamning mo`jizalari va barakalaridan edi. Bunday misollarni juda ham ko`p keltirish mumkin. Payg`ambar sollollohu alayhi vasallam ana shunday barakali inson bo`lganlar.
Agar Alloh baraka bersa, maoshingiz kam bo`lsa ham hamma hojatingizga yetadi, ko`nglingiz to`q, qalbingiz xotirjam bo`ladi. Qanchadan-qancha boylar borki, moli ko`p bo`lsa ham, u unga tatimaydi, baribir kam yoki ko`ngli notinch bo`laveradi. 
Hech o`ylab ko`rganmisiz, bu dunyoda itlar ko`pmi yoki qo`y? It yilida 2-3 marta 6-7 tagacha tug`ishi mumkin. Qo`y esa yilda 1 marta 1tadan tug`adi. Odamlar qo`y go`shti yeydi. Shunday bo`lsada, dunyoda qo`y ko`p ekan. Axir, Rasululloh sollollohu alayhi vasallam aytganlarku: “Qo`y boqinglar, u barakadir” deb. 
 
 
Jo`ybori Kalon ayol-qizlar islom bilim yurti
mudarrisasi Yarasheva Shohista.
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:15
Куёш: 06:00
Пешин: 13:10
Аср: 17:50
Шом: 19:30
Хуфтон: 21:05
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram