HALOL KASBU-KOR QILISH
19 апрел 2019 й.
1595 марта ўқилди.

 
HALOL KASBU-KOR QILISH

    O'tgan salaf solihlarimizdan Sahl ibn Abdulloh shunday degan ekan: "Hayotim davomida haqiqiy najot topishlikni faqat 3 narsada ekanligini bildim.
1. Hunarli bo'lib, halol yeyish;
2. Alloh taolo buyurgan farzlarni ado etish;
3. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga ergashish.
    Alloh taolo Mulk surasining 15-oytida: "Alloh sizlarga yerni bo'ysindirib qo'ygan zotdir. Bas, u yerning har tomonidan sayohat, tijorat, halol kasb qilishlik uchun chiqinglar va Allohning sizlarga bergan halol rizqidan yeyinglar", deb marhamat qiladi.
    Avvalo halol kasb deganda, halol narsalarga halol yo'l bilan ega bo'lishlik tushuniladi. Bu holatlarning hammasi ochiq-oydin bayon qilingan, uni hamma biladi. Halol mehnat, meros, hadiya, ikki taraf roziligi bilan bo'lgan tijorat tufayli qo'lga kirgan mol-mulk halol bo'ladi. Har bir musulmon kishi o'zi halol bo'lgan narsani shariatda halol qilingan yo'l bilan topib foydalanishligi kerak va lozimdir.
    Bir kuni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tilanchilik qilib yurgan bir odamga bitta bolta va bitta arqon berib, to'gdan o'tin kesib kelishni va uni sotishni tavsiya etdilar. O'sha odam tez orada boy bo'lib ketdi. Ammo pul topaman deb harom narsalarni sotish, tarozidan urib qolish, yolg'on gapirish, yolg'on qasamlar ichish, o'ta qimmat narxda sotish, chirigan, aynigan, buzilgan narsalarni sotish, qimordan pul topish, olgan narsasini qaytarib bermaslik va shunga o'xshagan ishlarni qilish umuman joiz emas.
    Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: Rizqni halolidan topishlik har kimsaga farzdir",  deganlar.
    Boshqa bir hadisda: "Qancha Payg'ambarlar o'tishgan bo'lsa, ularning hammalari halol kasbu-kor qilganlar", deganlar.
    Halol mehnat qilmagan odamni na Alloh yaxshi ko'radi, na Rasuli va na bandalari yaxshi ko'radi. Aksincha halol mehnat qilgan odami esa hamma yaxshi ko'radi.
    Hazrat Bahouddin Naqshband hazratlari aytganlaridek: "Dilba yoru, dastba kor", deganlar.
    Alloh taolo Naba surasining 11-oyatida shunday marhamat qilib deydi: "Va kunduzini maosh (tirikchilik) vaqti qilib qo'ydik".
    Bu ham maosh uchun, halol kasbu-kor qilishlik uchun harakat qilish lozim ekanligini bildiradi.
    Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Sizlar yeydigan narsalaringizning eng yaxshisi o'z qo'llaringiz bilan mehnat qilib yegan taomingizdir", deb marhamat qilganlar.
    Bu hadisda peshona teri bilan topilgan mol-mulk bilan hayot kechirish afzal ekanligi bayon qilinmoqda. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham o'z mehnatlari bilan topilgan narsadan hayot kechirganlar. Hattoki uydagi taomlarini ham o'z qollari bilan tayyorlaganlar.
    Oisha onamiz roziyallohu anhodan, "Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o'z ahillariga qanday edilar?", deb so'raganlarida: "U zot o'z ahillarining mehnatida bo'lar edilar", deb javob berganlar.
    Har bir inson o'z kasbini erta sahardan turib harakat qilishi juda ham foydali va barakalidir. Chunki bunda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning duolari ketgan.
    Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday duo qilganlar: "Ey Allohim, mening ummatimga ertalabki ishini xayrli va barakali qilgin".
    Alloh barchalarimizning kasbu-korimizga baraka bersin, faqat halolidan nasib etib, haromidan o'zi yiroq qilsin.


Karimov Olimjon
Peshku tuman "Xo'ja Peshku" jome' 
masjidi imom xatibi.
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram