Ilmni yetkazishlik fazilatli amal.
22 август 2019 й.
1414 марта ўқилди.


 Ilmni yetkazishlik fazilatli amal.

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Payg’ambar (s.a.v.) ”Kim bir ilmdan so’ralsayu, bas u o’shani yashirsa, qiyomat kuni Alloh uni olovdan bo’lgan yugan  bilan yuganlaydi”,dedilar (Abu Dovud va Termiziy  rivoyat qilishgan).
Bu hadislarida Payg’ambarimiz (s.a.v.) ilmni yashirish, uni tarqatmaslikning oqibati yomon bo’lishini aytib o’tmoqlar. Hamda bu hadislarida ilmni yoyishlikka targ’ib qilmoqdalar. Kimki, ilmni yashirsa, uni kishilarga yetkazmasa, qiyomat kuni alohida azobga girifdor bo’lisligi ma’lum qilinmoqda.
Ibn Mas’ud (r.a.)dan rioyat qilinadi: Payg’ambar (s.a.v.) ”Bizdan bir narsani eshitib, uni xuddi eshitganidek qilib yetkazgan odamni Alloh yorlaqasin, bas bazi yetkazilgan odam eshituvchidan ko’ra anglovchiroqdir“, dedilar. Bu hadisu shariflarida Payg’ambarimiz (s.a.v.) o’zlaridan eshtilgan ilmni qanday eshitilgan bo’lsa shunday qilib boshqalarga yetkazishga targ’ib qilmoqdalar. Yana bu hadisdan shuni anglab olamizki, Payg’ambar (s.a.v.) o’zlaridan bir narsani eshitib, xuddi eshitgandek qilib boshqalarga yetkazgan odamni duo qilmoqdalar. Kimki, hadisu sharifda zikr qilingan baxtga muyassar bo’lishligini xoxlasa, avvalam  bor ilmni o’rganib, xuddi shunday holatda yetkazishlikka harakat qilishligi kerak. Ana shundagina hadislarda zikr qilingan ajru savoblarga erishiladi. Ilm egalarini Alloh taolo Qur`oni karimda quydagicha zikr qiladi: ”Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo’ladilarmi?”
Albatta teng bo’lmaydilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlari dek: ”Ulamolar Payg’ambarlarning me’rosxo’rlaridir”. Alloh taolo barchalarimizni ahli ilm bo’lishligimizni, hamda bilganlarimizga amal qilishlikni nasib etsin.
 
Kogon tuman “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali”
jome’ masjidi imom xatibi 
Odilov Haydar 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:15
Куёш: 05:58
Пешин: 13:10
Аср: 17:50
Шом: 19:30
Хуфтон: 21:05
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram