Ирим
11 май 2019 й.
2856 марта ўқилди.

 

Ирим

Bismillahir rohmanir rohim.
    Islom diniga zid bo'lgan turli irim-sirim va urf odatlar keyinchalik to'qib chiqarilgan bo'lib, muborak dinimizga hech aloqasi yo'q.
      Imom Buxoriy va Imom Muslim Oisha onamiz (raziyallohu anho)dan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam ):"Kimki bizning dinimizda bo'lmagan yangilikni paydo qilsa, u narsa o'ziga rad qilingandir", deganlar. Demak, islom irm-sirimlar va xurofotlardan pok dindir. Bizni muborak dinimizda xurofotlarga o'rin yo'q.
    Xurofot esa, aslida, dinda bo'lmagan yolg'on-yashiq, to'qima gaplardir.Masalan, ro'za oyida tuxum yeb bo'lmaydi, o'lik chiqqan xonadonda sumalak, halim pishirilmaydi, iftorlikka xamirsiz ovqat tayyorlash lozim, mavlud o'qilsa xonadon sohiblari qatnashmasligi, ya'ni tashqariga chiqib turishlari zarur qabilidagi gaplarga ishonish johillikdandir. 
Islomdan oldingi johiliyat davrida arablar safar oyida irim qilar edilar. Ya'ni, safar oyida yangi ishga kirishish, aqdi nikoh qilish,  ayol bilan birga oilaviy hayot boshlash, safarga chiqish kabilar mumkin emas,bu oy xosiyatsiz, ziyon-zahmat keltiradi, deb hisoblashardi.
Ilohiy ta'limotga binoan taqdirga imon keltirish dinimizning asoslaridan biridir.
Shunday ekan, inson boshiga tushadigan barcha yaxshilik va yomoliklarni taqdirdan deb bilmog'i lozim. Alloh subhonahu va taolo Tag'obun surasining 11-oyatida:"(Insonga) biror musiybat etgan bo'lsa, albatta, Allohning izni bilangina. Kimki, Allohga imon keltirsa, uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Alloh har narsani biluvchidir ", deb marhamat qilgan.
Safar oyi to'g'risida yana shuni ham bilish kerakki, arab alifbosida uchta "C"harfi bor.Birinchisi uch nuqtali bo'lib,til uchida aytiladi va "ca"deyiladi. Ikkinchisi labni cho'zibroq, yo'g'on qilib aytiladi, bu "sod" deyiladi. Uchinchisi yengilroq talaffuz qilinadigan "siyn" harfidir. Safar oyi "sod" harfi bilan yoziladi va uning biz biladigan safarga hech qanday aloqasi yo'q. Afsuslar bo'lsinki, safar oyidan shumlanish hanuzgacha ayrim kishilar orasida saqlanib kelmoqda. Payg'ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) safar oyidan shumlanish noo'rin ekanligining isboti uchun masjidlarini safar oyida qurganlar. Qizlari Fotimai Zahroni Ali (raziallohu anhu)ga safar oyida nikohlab berganlar. Bu oyga "safaru-l- xayr "-"yaxshilik oyi "deb nom berganlar.
Ulamolarning sa'y-harakatlari bilan bunday nomaqbul odatlar yo'qotilsa ham zamonlar o'tishi bilan yangi irm-sirimlar chiqaverar ekan. Masalan, yo'lda ketayotgan odamning oldidan qora mushuk o'tib qolsa, u bilan biron-bir falokat yuz beradi, deb gumon qiladi. Asr vaqtida qichqirgan xo'rozni bexosiyat, deb so'yib yuborishadi. Ikkita chilla bir  bo'lmaydi deb, o'lik chiqqan xonadonga chaqalog'i bor  xotin kirmasligi va aksincha, chaqaloqli xonadonga o'lik chiqqan xonadon sohiblarining kirishi mumkin emas, deyishadi. Shuningdek, biron xonadonga arvoh kapalak qo'nib qolsa, cho'chib irim-sirimlar qilishadi.
Arvoh kapalak kimningdir arvohi emas. U faqat bir jonivorga qo'yilgan nom, xolos.
Musibatxonada o'lik yuvilgan joyda sham yoqish, biron-bir idishda suv qo'yish ham islom dinida yo'q. 
Nikoh to'ylarida kelin va kuyovni bir-biriga issiq bo'lishsin deyilgan gap-so'zlar bilan olov atrofida aylantirish ham dinimizda yo'q. 
Agar irim-sirimlar bilan odam o'laversa, dunyoda hech kim tirik qolmas edi. O'lim faqat Alloh taolo belgilab qo'ygan vaqtda keladi. Bir lahza oldin ham, bir lahza keyin ham emas. Shunday ekan, solih kishi o'zini xurofotdan yiroq tutib, xayrli, ezgu amallar bilan mashg'ul bo'lmog'i lozim.

Buxoro shahar “Sayfiddin Boxarziy” masjidi imomi,
Tasavvuf maktabi tinglovchisi Kamolov Ravshan.
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram