Islomda ozodalik.
14 2019 .
82 қ.

 

 Islomda ozodalik.

Bismillahir rohmanir rohim.
Islom poklik dini ekanligi hammaga ma’lum. Payg’ambar (s.a.v.): ”Poklik iymondandir” deganlarining  o’zi bu borada boshqa gapga o’rin qoldirmagan bo’lsa ham, har bir narsada-kiyimda, badanda, makonda va boshqa narsalarda ozodalik islomning talabi ekanligini bilishimiz kerak.
Jobir (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Huzurimizga nabiy (s.a.v.) keldilar . Sochlari to’zib ketgan pala-partish bir odamni ko’rib qolib: ”Manavi sochini sokin qiladigan narsa topsa bo’lmasmidi?” dedilar. Boshqa bir kishining kiyimlari kir ekanligini ko’rib qolib:” Manavi kiyimini yuvadigan narsa topsa, bo’lmasmidi? “ dedilar . 
Islomdan oldin kiyinish madaniyati, jamotchilik  oldida o’zini tutish madaniyati, badan va kiyim pokligi haqida tartibli ko’rsatmalar to’g’ri yo’lga qoyilmagan edi. Islom dini inson hayotining barcha sohalarini  tartibga solgani kabi bu sohalarini ham asta sekin tartibga tushirib, bu borada yuksak ma’daniyatni yo’lga qo’ydi. Bu hadisdan oladigan foydalarimiz quydagilardan iborat bo’ladi. 
1.Musulmon inson o’zining tashqi ko’rinishi, xususan , sochini tartibga solib orasta bo’lib yurmog’i lozim ekanligi. 
2.Musilmon inson kiyimlarini ozoda tutmog’i zarurligi. Kir kiyim bilan jamoatchilik orasiga kirmasligi lozim. Bu ishlar dinimiz ko’rsatmalariga mutloqo ziddir . 
Yaxshi  va toza ozoda kiyim kiyish imkoni bo’la turib, xarob va rasvo kiyimlarni kiyib yurish musulmon odamga to’g’ri kelmaydi. Islom dini musulmonlarga toza va yaxshi kiyimlarni kiyishni buyurgan. Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning hadislariga rioya qilgan holatda hovli – joylarimiz , ko’cha kuylarimiz, turar joy va maydonlarimiz , kiyim boshlarimizni, qolaversa hamma joylarimizni ozoda tutishimiz lozim. Toki bu holatlarni ko’rgan odamlar havas qilib, bu joylar musulmonlarning joyi bo’lsa kerak deydigan darajada bo’lsin. 

Kogon tumab “Xo’ja Ka’bul Axbor Vali”
jome’ masjidi imom xatibi 
Odilov Haydar 
 
«қ

-
: 05:50
: 06:31
: 13:10
: 17:00
: 18:50
: 20:20
Ңқ қ »
» »
»
Telegram