Moturidiy
28 август 2018 й.
1929 марта ўқилди.

 Moturidiy

To‘liq ismi shariflari — Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy as-Samarqandiy.
            Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so‘zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari ko‘payib ketgan va ular o‘zaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida ko‘pincha «Mo turid?» deb murojaat qilganlar. Shu so‘z ko‘pchilik qulog‘iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi).
            Nasablari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga hijrat qilib kelganlarida o‘z uyidan joy bergan mashhur sahobiy - Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy hazratlariga borib yetadi, deb naql qiladilar. Bu nisbatni ba’zi muarrixlar rad etganlar.
           Tug‘ilgan yillari haqida tarixiy manbalarda qat’iy ma’lumot yo‘q, lekin taqribiy yoki taxminiy sanalar berilgan. Masalan, uning abbosiy xalifalardan Mutavakkil (232-247 h.) davrida yashaganlari aniq. Yana, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy (vaf. 248 h.) va Nasir ibn Yahyo al-Balxiy (vaf. 268 h.) kabi ustozlaridan saboq olganliklarini nazarda tutilsa, Shayxning tug‘ilgan yilini 238 h. deb taxmin qilish mumkin. Lekin boshqa manbada, aniqrog‘i «Islom» qomusida tug‘ilgan yillari 870 milodiy yil deb ko‘rsatilgan. Shunga asosan 2000 yilda tavalludlarining 1130 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko‘ra, Shayx tavalludlari 257 h. yilga to‘g‘ri keladi.
Vafot etgan sanalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning eng ishonchlisi 333 h.y. hisoblanadi. Bu milodiy sana bo‘yicha 944 yilga to‘g‘ri keladi. 
            Moturidiya ulamolarining eng mashhurlaridan Abu Muin an-Nasafiy (438-508 H./1046—1114 m.) o‘zlarining «Tabsiratul-adilla» kitobida shunday yozadilar: «Abu Mansur Moturidiy vafot etganlarida yaqin shogirdlaridan biri Abul-Qosim al-Hakim uning qabr toshiga quyidagi bitikni yozdirgan ekan: 
Ya’ni: «Bu qabr nafaslari miqdoridagi ilmlarni o‘zida jam etgan, bor kuchini u ilmlarni tarqatish va o‘rgatish bilan tugatgan, bas, shuning uchun diniy asarlari maqtovga sazovor bo‘lgan va o‘z umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotning qabridir».
Shayx Abu Mansur Moturidiyning qabri Samarqand shahrining Chokardiza qabristonida ekanligi ishonchli manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga binoan 2000 yilning may oyida O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan bu xususda maxsus fatvo chiqarildi.

Ilmiy unvonlari:
— Imomul-hudo (Hidoyatga eltuvchi imom);
— Qudvatu Ahlis-sunna (Ahli Sunnat peshvosi);
— Musahhihu aqoidil-muslimin (Musulmonlar aqoidini isloh etuvchisi);
— Imomul-mutakallimin (Kalom ilmi olimlarining peshvosi);
—  Rabibu Ahlis-sunna (Ahli Sunna val-Jamoa tarbiyasini olgan);
— Al-Imom az-Zohid (Dunyoni tark etgan imom);
— Ash-Shayx al-Imom va hokazo.
USTOZLARI (shayxlari)
Shayx Abu Mansur Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A’zam Abu Hanifa — No‘‘mon ibn Sobitning shogirdlari hamda shogirdlarining shogirdlari bo‘lganlar. Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz:
1. Abu Nasr al-Iyoziy (Ahmad ibn Abbos). Bu zot Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniydan ta’lim olganlar. Shayx Abu Mansur ham fiqh darsida Abu Nasrga sherik bo‘lib, al-Juzjoniyda o‘qiganlar. Al-Iyoziy somoniylar davrida dorul-harbda asir holida turk diyorida shahid bo‘lganlar («Tarixi Samarqand»dan).
2. Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy. Ray shahrining qozisi bo‘lgan bu zot Abu Hanifaning shogirdi — Muhammad ibn Hasan al-Shayboniyda o‘qiganlar. Mashhur muhaddis sahobiy Vake’ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy ham undan hadis tinglaganlar. Hakim Termiziy ham u zotdan hadis rivoyat qilganlar. Vafotlari to‘g‘risida 248 h. va 242 h. yil kabi sanalar ko‘rsatilgan.
3. Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy. Bobosining ismi Subh yoki Subayh ekanida muarrixlar ixtilof qilganlar. Bu zot fiqh ilmi usullari va furu’lari sohasida, shuningdek, anvoi fununda yuqori darajalarga erishganlar. «Al-Furuq vat-Tamyiz», «Tavba» va boshqa kitoblar muallifidirlar.
Abu Bakr al-Juzjoniy Abu Hanifaning yirik shogirdlaridan Muhammad ibn Hasan huzurida dars tinglagan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan saboq olgan. Vafotlari 268 h. yilda.
4. Nasir ibn Yahyo al-Balxiy. Bu zot ham mazkur shayxlari kabi Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Abu Mute’ al-Hakim Abdulloh al-Balxiy va Abu Muqotil Hafs as-Samarqandiydan saboq olgan hanafiy maktabiga mansub fiqh va kalom ulamolaridandir. Vafotlari 268 h. yilda voqe’ bo‘libdur.
 
(davomi bor)

Kogon shahar “Alisher Navoiy” 
jome` masjidi imom xatibi
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram