Nabaviy odob
23 июн 2018 й.
1924 марта ўқилди.

 

 Nabaviy odob

       Ulamolar bilan bo`ladigan odob:
      Imom Navaviy rohimahulloh “Al–Azkor”da aytadi: Ulamolar bilan bo`ladigan odob, ota-onalar bilan bo`ladigan odob borasida aytib o`tganlarimiz kabi balki, undanda ziyodaroq, ortiqroq bo`ladi. Chunki, ulamolar anbiyolarning merosxo`rlaridir. Bola quyidagilarning barchasini o`rganishga muhtoj bo`ladi: ularni izzat–hurmat qilish, ularga xorlik qanotini past tutish, ularning xizmatlariga shoshilish, ularning huzurlarida ovozni baland ko`tarmaslik, ular bilan muomalada iltifotli  bo lish va ularga xushmuomala bo`lish kabi amallardir. 
       Imom G`azzoliy rohimahulloh Yahyo ibn Muozning ulamolar fazli haqidagi quyidagi so`zlarini keltirib o`tgan: “Ulamolar Muhammad sallollohu alayhi va sallamning ummatlariga ularning otalaridan ham va onalaridan ham mehribondirlar. Shunda: “Bu qanday qilib?, - deyildi. U kishi: “Chunki, ularning otalari va onalari ularni dunyo olovidan saqlaydilar. Ulamolar esa ularni jahannam otashidan asraydilar, dedi.
         Bu borada alohida kitoblar ham bitilgan. Ulardan Imom Sam’oniyning “Adabul–imla val–istiml” va Ibn Qutaybaning “Adabul–olim val–mutaallim” kitoblarini misol qilishimiz mumkin.
      Ulamolar bilan bo`ladigan odob borasida kelgan rivoyatlar:
      Imom Tabaroniy rohimahulloh Abu Umoma roziyallohu anhudan, u zot aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Luqmon o`z og`liga: Ey o`g`lim! Ulamolarning majlislarini o`zingga lozim tut. Hakimlarning so`zlariga quloq sol. Albatta, Alloh taolo mo'l yomg`ir bilan o`lik yerni tiriltirganidek, hikmat nuri ila  o`lik qalblarga hayot beradi, dedi, deb aytdilar.
         Imom Ahmad va Tabaroniy, Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan, u zot aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Kattamizni hurmat qilmagan, kichigimizga rahim qilmagan va olimimizning haqqini bilmagan kimsa mening ummatimdan emas, dedilar.
       Imom Tabaroniy, Abu Umoma roziyallohu anhudan, u zot aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Uch toifa insonlarni faqat munofiqgina nazarga ilmaydi, qadrlamaydi. Bular: Islomda sochi oqargan kishi va ilm egasi hamda adolatli imom, dedilar.
       Salafi solihlar bolalarining ulamolarga bo`lgan odoblaridan namunalar:
       Said ibn Musayyab rohimahulloh ikki rakat namoz o`qib so`ng o`tirardi. Shunda, uning huzuriga Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning muhojir va ansorlardan bo`lgan sahobalarining farzandlari to`planar edilar. Ulardan birontasi biror narsa so’rashga jur`at qilmasdi. Illo, yo u zotning o`zi ularga so`z boshlardi yo oldilariga bironta savol so`rovchi kelardi va ular quloq solardilar.
       Boshqa bir hadisda Nabiy alayhissalom: "Ummatimning ulamolari Banu Isroilning nabiylari kabidir", deganlari rivoyat qilingan. Ansorlar Muhammad alayhissalomni ulug'lab martabalari yuksaldi. Shunday ekan ulamolarini qadrlagan va ularga nisbatan odob ila munosabatda bo'lgan jamiyat ham albatta yuksaladi. 
(davomi bor)
 
Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi 
Solixov Dilshod 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram