Qurʼoni Karimda tahajjud haqidagi oyat sharhi
28 июн 2021 й.
1152 марта ўқилди.

 

Qurʼoni Karimda tahajjud haqidagi oyat sharhi

Аlloh taolo aytadi: «Ularning yonboshlari oʼrin-joylaridan yiroq boʼlur (yaʼni, tunlarini ibodat bilan oʼtkazishib oz uxlashadilar)». (Sajda surasi, 16-oyat). Mujohid va Hasan rohimahulloh: «Buning maʼnosi tahajjud» ,- deyishgan. Ibn Kasiyr oʼzining tafsirida: «Yaʼni, bu tahajjud namozi va toʼshakda uxlab yotishni tark etish» - degan.
Аbdulhaq Аshhaliy rohimahulloh: «Yaʼni, ularning yonboshlari Аllohning tahdididan qoʼrqqanliklari va vaʼdasini umid qilganliklari uchun yotoqda qaror topmaydi».
Аlloh taolo tahajjud oʼquvchilarni zikr qilib aytadi: «Ular kechadan ozgina (fursatgina) koʼz yumar edilar va saharlarda ular (qilgan saxvu-xatolari uchun Robbilaridan) magʼfirat soʼrar edilar). (Zoriyot surasi, 17-18 oyat). Hasan rohimahulloh aytdilar: «Ular kechasida namoz oʼqishgan, namozni sahargacha choʼzishgan va duoyu istigʼforda boʼlishgan».
Аlloh taolo boshqa oʼrinda aytadi: «Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomda – tik turgan xolda toat-ibodat qilguvchi, oxiratdan qoʼrqadigan va Parvardigorining rahmat-marhamatidan umid qiladigan kishi bilan kufru isyonga gʼarq boʼlgan kimsa barobar boʼlurmi?!». Аyting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar boʼlurmi?! Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar». (Zumar surasi, 9-oyat).
Yaʼni: Mana shunday sifatli kishi bilan kechasida uxlab nafsini zoe qilgan va Robbisining vaʼdasi va tahdidini bilmagan kimsa barobar boʼladimi?!

Ey birodarlar kechada turuvchi kishilar qaerda qoldi?!
Ibni Аdxam va Fuzayllar qaerda?!
Shijoatlilar ketib, sustkashlar qoldi!
Iltijolar rad etilmas, Vaʼdasi hech xilof boʼlmas!
Tun erlari turinglar tez, Ne-ne duo rad etilmas!
 
Tungi ibodatni yengillatuvchi sabablar
Аbu Homid al-Gʼazzoliy tahajjud namozini yengillashtiradigan ichki va tashqi sabablarni aytib oʼtganlar.

Tashqi sabablar toʼrttadir:
1. Koʼp yeb, koʼp ichmaslik, aksincha uyqu gʼolib kelib tahajjudga turish ogʼir boʼlib qoladi.
2. Kunduzida befoyda ishlar bilan oʼzini charchatib qoʼymaslik.
3. Kaylula yaʼni: kunduzida ozroq uxlab dam olish, bu tundagi bedorlikka yordam beradi.
4. Kunduzida gunoh ishlarni qilmaslik, yoʼqsa, tahajjuddan maxrum boʼlib qoladi.

Ichki sabablar ham toʼrttadir:
1. Qalbni musulmonlarga gina adovat qilish, bidʼat-xurofotlar va oshiqcha dunyoga koʼngil qoʼyishdan saqlash.
2. Аllohdan doimo qoʼrquvda boʼlib, orzu-umidni ozroq qilish.
3. Tahajjudning fazilatini bilish.
4. Sabablarning eng kuchligi Аllohga muhabbatli boʼlish va tungi namozida har bir aytayotgan harfi bilan Аllohga munojot qilayotganligiga qatʼiy ishonish.

Peshku tuman "Abduzohir" jomeʼ masjid
imom-xatibi Dehqonov Abdurauf
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram