Buxoroi Sharif - Islom madaniyati poytaxti
01 феврал 2020 й.
2106 марта ўқилди.
Buxoroi Sharif - Islom madaniyati poytaxti
Bu yil Buxoroi Sharif - Islom madaniyati poytaxti sifatida tanlangani bejizga emas. Chunki bu tabarruk zaminda bir qancha buyuk zotlar, olimu ulamoi, shoiru fuzallolar qo'nim topgan. Bu yurtdan ilm-ma’rifat nuri tarqalgani dunyoga ma’lum va mashhurdir. Bir so'z bilan aytganda sharif shahar tabbaruq qadamjolar va ulamolar yurti hisoblanadi. Masalan, Abduxoliq G’ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshbandek tariqat pirlari, Chor Bakr, Abu Havzi Kabirdek zotlarning islom dinida xizmatlari beqiyos bo'lgan. Bu zoti bo barokotlarning qo'nim topgan maskanlar davlatimiz tomonidan obod go'shalarga aylantirilib ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Bundan tashqari Sharif shahrimizda diqqatga sazovor, ko'p madaniy va tarixiy joylariga ham ega, misol uchun, Boloi Hovuz masjidi, Kalon masjidi, Minorai Kalon va Mir Arab madrasalari shular qatoridandir.
Buxoro shahar "Poyi Ostona" jome` masjidi imom xatibi O.Rahimov
«орқага