Alloma ibn Atoulloh as-Sakandariy haqlarida
04 декабр 2014 й.
4537 марта ўқилди.

بسم الله الرحمن الرحيم
Alloma ibn Atoulloh as-Sakandariy haqlarida


U zot buyuk shayx, imom, tojuddin ( dinning toji), tarjumonil orifiyn (oriflar tarjimoni), Abul Fazl va Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulkarim ubn Abdurrohman ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Isa ibn al-Husayn ibn Atoulloh al- Juzomiydirlar. Ibn Atoulloh Misrnig Iskandariyya shahrida hijriy 658, melodiy 1260 yild tavallud topganlar. Zohiriy ilmlarni mukammal o’rganganlar. Fiqhda imom Molik va imom Shofeiyning mazhablarini chuqur bilimdoni bo’lganlar.
 Ibn Atoulloh zohiriy ilmlarda olim darajasiga yetgan vaqtlarida botiniy-tasavvufiy ilmlarni inkor qilar, bu yo’nalishga shubha nazari bilan qarar edilar. O’sha zamonda tasavvuf namoyondalaridan mashhurlari Abul Abbos al Mursiy hayot edilar. Ibn Atoulloh shunday hikoya qiladilar: “ Men u kishini ishlarini inkor qilardim, u kishining yo’llariga e’tirozlarim bor edi. U kishining shogirdlaridan ba’zilari bilan munozara qilib turardik, ammo o’zlarini ko’rmagandim. Men ularga zohiriy ilmdan boshqa ilm yo’q deya ularning da’volariga e’tiroz bildirardim. Bir kun o’zimga o’zim “shu odamning majlisiga borib bir tinglab ko’rsam, haq egasining o’z belgilari bo’ladi, shunga qarab bilib olaman” deb majlislariga bordim. Qarasam u kishi Shore’ (Alloh) amrlari haqida gapirayotgan ekanlar. U zot shunday derdilar: “Birinchisi Islom, ikkinchisi iymon va uchinchisi ehsondir. Xoxlasang, birinchisi ibodat, ikkinchisi qullik qilish va uchinchisi qul bo’lish deb ayt. Yoxud, xoxlasang, birinchisi shariat, ikkinchisi haqiqat va uchinchisi haqiqatga (ro’yobga) chiqarish deb ayt”. U zot “Agar xoxlasang unday de, agar xoxlasang bunday de” deya juda go’zal tushuntirar edilarki, mening aqlim shoshib qoldi va u zot ilohiy dengizdan suv ichib, Rabboniy madaddan kuch olishlarini bildim, Alloh u kishiga nisbatan qalbimdagi yomon gumonlarni ketkazdi. Uyga qaytdim. Qalbimda ajib bir his paydo bo’lgan edi. Bir joyda yolg’iz o’tirib osmonga, yulduzlarga, va Allohning undagi ajoyib maxluqotlariga qarab turib Abul Abbosning oldilariga yana qaytgim keldi. Uylariga bordim. Menga izn berildi. Kirganimda u kishi meni o’rinlaridan turib, ochiq yuz bilan kutib oldilar. Men bunga arzimasligimni bilib xijolatdan dahshatga tushdim. U kishiga birinchi bo’lib men: “Ey xojam, Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko’raman” dedim. U kishi “Meni yaxshi ko’rganingdek Alloh ham seni yaxshi ko’rsin” dedilar. So’ngra men u zotga qalbimda bo’ladigan g’amu tashvishlardan shikoyat qildim. Shunda u zot shunday dedilar: “Bandaning to’rt holati bor, beshinchisi yo’q. Ne’mat, baloyu ofat, toat va ma’siyat. Agar ne’mat holatida ya’ni ichida bo’lsang, Haqning sendan talabi shukrdir. Agar baloyu musibatda bo’lsang Haqning sendan talabi sabrdir. Agarda ma’siyatda bo’lsang sendan Haqning talabi istig’for, agar toatda bo’lsang sendan Haqning talabi uning bundagi ne’matlarini ko’ra bilishingdir.” Bu gaplardan keyin g’am tashvishlarim go’yoki kiyimdek echib tashlangan holda u zotning yonlaridan turib ketdim”.
Bu voqealardan so’ng Ibn Atoulloh Abul Abbos al Mursiyni ruhiy ustoz sifatida mahkam tutadilar va ustozlari Abul Abbosning u kishiga“Sen albatta ikkala mazhab, ya’ni ham zohiriy, ham botiniy mazhablarning olimi bo’lasan” degan bashoratlari ro’yobga chiqib tasavvufning buyuk imomlaridan bo’lib yetishadilar. Ustozlari Abul Abbos vafotlaridan so’ng Shoziliyya tariqatiga boshchilik qilish Ibn Atoullohga o’tadi. U kishi uchun al Azharda fiqh, tafsir, tasavvuf va uning odoblari haqida alohida darslar tashkil qilib beriladi. Buyuk shayx hijriy 709, melodiy 1309 yil jumodul oxir oyida vafot qiladilar. Mozorlari Qurofiy, o`zlari so`fiy va tariqatlari Shoziliydir.
Ibn Atoulloh ko’p asarlar muallifi hamdirlar. Bular jumlasidan qo’limizdagi “Alhikam al Atoiyya” kitobidir. Bu kitob to’rt mavzuga asoslanadi: 1- pandu nasihatga tegishli, 2-amallarda ixlos va hollarni tuzatishga tegishli, 3- holu maqomlarni ro’yobga chiqarish, bajarish, 4- ilohiy ilm va ma’rifatlarga tegishlidir.
Bu kitobdagi hikmatlar haqiqatdan ham o’z lafzi va ma’nosi bilan oltin suvida yozilishga loyiq so’zlardir. Bu hikmatlar har bir musulmon uchun muhim bo’lgan ruhiy ozuqadir. Alloh barchamizga bu hikmatlarni o’qib, ulardan o’zimizga saboq olishni nasib qilsin. Omiyn!
 
 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:55
Куёш: 06:29
Пешин: 13:10
Аср: 17:10
Шом: 18:55
Хуфтон: 20:25
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram