Amalning xolisligi niyatga bog
11 январ 2019 й.
2878 марта ўқилди.

 

Amalning xolisligi niyatga bog'liq.


  "Niyat" lug'atda bir narsani qasd qilishni anglatadi. Shariyatda esa, niyat deb bir narsani amalga bog'lab qasd qilishga aytiladi.
  Islomda har bir narsaga niyat shart. Shuning uchun ham ko'pchilik fuqaholar har bir amalda niyat farz, deganlar.
   Niyatning makoni qalbdir. Shuning uchun ham har bir ishning shar'iy bo'lishi uchun qalbdan niyat qilish kerak. Agar qalbdan niyat qilish bilan shu niyatini tilda ham zikr etsa, yanada yaxshi. Niyat qilgan zahoti har bir amalga kirishgan maqul. Ana shunda ibodat avvalidan niyat bilan boshlangan bo'ladi. Agar boshlashning vaqtini aniqlash qiyin bo'lsa, imkoni topilganda niyat qilinadi. Misol uchun, ro'za tutmoqchi bo'lgan odam tong otish niyatini aniqlay olmasa, oldinroq yoki keyinroq niyat qilsa ham joiz. Har bir narsaga alohida niyat qilgan maqul.
   Hasan (r.a) Alloh taoloning:
   "Ayting: har kim o'z holicha amal qilur" (Isro,84), degan so'zini niyatiga ko'ra, ya'ni amalning sihhati niyat bilan, deb tushuntirganlar.
     Nabiy (s.a.v.) aytadilar: "Mo'minning niyati uning amalidan yaxshidir".
 Ahli ilmlarning ba'zilari bu hadis haqida shunday deyishadi: "Chunki, kishi niyatining yaxshiligi uchun savob olaveradi, garchi amal qilmagan bo'lsa ham. Amaliga esa niyatsiz savob ololmaydi".
 Bir olim kishi aytadi: "Mo'minning niyati amalidan yaxshidir. Chunki niyati ko'p amali kam. U tirik ekan yaxshi amal qilishni niyat etadi, ammo u o'lgunicha, yaxshi amalni davom ettira olmaydi".
    Ba'zilar deyishadi: "Chunki niyat qalbning amalidir. Qalb ma'rifatning makoni. Nimaiki ma'rifat makonidan bo'lsa, boshqasidan afzaldir".
   Har bir amalning ro'yobga chiqmog'ida niyatning ahamiyati katta. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning: "Amallarning ajru savobi niyatga qarab bo'ladi",- degan muborak hadislarida, niyat jami holatlarimizga asos ekaniga ishora bordir. Mazkur hadis sahih(ishonchli) hadislardan bo'lib, uni Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Yana janob payg'ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: "Qancha dunyo amali suratida bo'lgan amallar bor, ular niyatning yaxshiligi, to'g'riligidan oxirat amaliga aylanadi. Ya'ni inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatning yomon va noto'g'riligidan dunyo amaliga aylanadi. Ya'ni nodurust niyat inson ibodatlari savobidan mahrum hamda benasib etadi" deb, niyatga qat'iy ahamiyat berish kerakligini bildirdilar.
   Demak, amalimiz qanday bo'lsa ham, u dunyoviy yoki uxroviy bo'lsin, niyatimizga bog'liq ekan.
 
Пешкў туман Халим Полвон
жомеъ масжиди имом хатиби
Хамраев Рустам
 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:47
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram