Jannat unga muntazir
17 октябр 2017 й.
2471 марта ўқилди.

 Jannat unga muntazir

        Ayol-birinchi navbatda ona, qolaversa, jufti halol, opa-singil, qiz. Agar ayol hayotda ham jismonan ham, ham ma’nan sog’lom bo’lsa, demak, jamiyat sog’lom bo’ladi. Chunki kelajakning mevasi bo’lmish farzandlar onalar sababli dunyoga keladilar. Ularga boshlang’ich ta’lim-tarbiya va odob-axloqni keksa onaxon-momoxonlarimiz o’rgatadilar. Shunday ekan, kelajak avlodning solih bo’lishi bugungi kun ayollarining soliha bo’lishlariga har jihatdan bog’liq.

       Ayol kishi avvalo Ona sifatida qadrlanadi. Qur’oni karimning bir necha oyatida onani e’zozlashga, uning haqqini ado etishga buyurilgan. Payg’ambarimiz (s.a.v.) hadislarining birida “Jannat- onalar oyog’i ostida”, - deb marhamat qilganlar. Buning tasdig’ini esa quyidagi hikoya asosida ham anglashimiz mumkin:  

     Bir kuni darsda o’qituvchi o’quvchilariga “ Jannat qayerda?” degan savolga javob topib kelishni vazifa qilib beribdi. Kelasi darsda hamma o’quvchilar har xil javob berishadi. Bir o’quvchi esa bir hovuch tuproq olib keladi, buni ko’rgan o’qituvchi o’quvchidan buni sababini so’raydi. Shunda u bola: “Bu onam bosgan tuproq, men jannatni onamning oyoqlari ostida deb o’ylayman”,- deb javob beribdi. Bu javobni eshitgan o’qituvchi yig’lab yuboribdi.  

   Haqiqatdan ham ta’sirli voqea. Bu bolaning javobidan onasi uni islom xulqida chiroyli tarbiya qilganini ko’rish mumkin. Ayolning o’zi go’zal xulq sohibasi bo’lsagina, farzandini shunday tarbiya qila oladi.  

     Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, o’z onasi tarbiyasini olgan, uning g’amxo’rligini, shafqatini har qadamda his etib ulg’aygan bolalar boshqa ishlarga andarmon bo’lib, farzandlaridan uzilib qolgan onalarning bolalariga qaraganda sog’lom aqlli, tarbiyali va ko’ngilchan bo’lib ulg’ayishar ekan.

     Muqaddas kitobimiz Qur’oni karimda ko’p oyatlar nozil qilingan. Hatto suralarning birida Niso (Ayollar)  va yana biri Taloq deya nomlanib, bularda asosan ayollarga taalluqli ilohiy hukmlar bayon qilingan. Bundan tashqari Baqara, Moida, Nur, Ahzob, Mujodala, Mumtahana va Tahrim suralarida ham ayollarga tegishli ko’p masalalar batafsil aytilgan.

     Ayol zotiga bunchalik  katta e’tibor  islomda ayol o’rni qay darajada ulug’ ekaniga dalolat qiladi. Biror bir dinda va insoniy jamiyatda ayolni bu kabi yuqori o’ringa loyiq topmagan.

 Islom ayolning boshiga oyatni, oyog’ining ostiga jannatni qo’ygan dindir.

 

    " Jo'ybori Kalon " ayol-qizlar o’rta maxsus islom bilim yurti

3-kurs talabasi Azimova Niginabonu 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:15
Куёш: 06:51
Пешин: 13:10
Аср: 16:35
Шом: 18:20
Хуфтон: 20:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram