ABU HANIFA ROHMATULLOHI ALAYH BUYUK IMOM.
25 феврал 2021 й.
1423 марта ўқилди.

 
ABU HANIFA ROHMATULLOHI ALAYH BUYUK IMOM.

Musulmonlar orasida Imomi A’zam nomi bilan mashhur bo’lgan imomning to’liq ismlari Abu Hanifa No’mon ibn Sobit ibn Zutiy bo’lgan. U zot Kufa shahrida hijriy 80-sanada tavallud topganlar. Abu Hanifa rohmatullohi alayhining otalari Ali roziayallohu anhu bilan uchrashgan va o’ziga hamda zurriyotiga baraka tilab, u kishining duolarini olgan.
Ko’pchilik tarixchilar, Imomi A’zam rohmatullohi alayhini tobeinlardan keyingi avlod musulmonlaridan deydilar. Ammo, ba’zilar u kishining tobein bo’lganlari, sahobalardan Anas ibn Molik roziyallohu anhuni ko’rib, u kishidan “Talabi ilm har bir musulmonga farzdir” hadisini rivoyat qilganlarini ta’kidlaydilar.
Abu Hanifa yoshliklarida qiroat ustozlarining boshlig’i Imom Osimdan Qur’oni Karimni yod oldilar. Yana u zot Sha’biy, Ikrima roziyallohu anhu, Ato ibn Abu Raboh roziyallohu anhulardan dars olganlar. Hamda, o’sha zamonning faqihlaridan bo’lgan, Hammod ibn Sulaymondan fiqhni to’la egalladilar. Shular bilan birgalikda, Abu Hanifa rohmatullohi alayh juda ko’p ahli ilmlar, allomayu zamonlar va zabardast ulug’ olimlardan ilm olganlar. Ana shunday ulug’ zotlardan ilm olgan buyuk imomimiz keyinchalik Islom olamida mashhur to’rt mazhabdan biri bo’lgan, Hanafiy mazhabiga asos soldilar. Buyuk imomimizdan Alloh rozi bo’lsin.

Kogon tuman Xo’ja Ka’bul Axbor Vali jome’ masjidi

imom - xatibi Odilov Haydar. 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:47
Пешин: 13:10
Аср: 16:00
Шом: 17:25
Хуфтон: 19:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram