AZONNING FAZILATI
01 ноябр 2021 й.
681 марта ўқилди.

 
AZONNING FAZILATI
 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar namozga azon aytilsa, Shayton orqasidan yel chiqqan holatda orqaga qochadi. Toki, azon eshitilmaydigan joygacha (boradi). Agar azon tugasa (shayton) yaqinlashadi, agar namozga takbir aytilsa, (shayton yana) orqaga qochadi. Hattoki, (namoz o‘quvchi) kishi va o‘zi o‘rtasida xatar paydo bo‘ladi”, deb marhamat qiladilar.
Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy (rahmatullohi alayh) o‘zlarining “Fathul Boriy” kitoblarida: “Shaytonning Qur’on va namozdagi zikrlarni eshitishdan boshqa – azon va takbirda tumtaraqay bo‘lib qochishining hikmati: “Qiyomat kunida muazzinga guvohlik bo‘lmasligi uchun” – deb aytiladi. Chunki, “Muazzin uchun jin va inson Qiyomat kunida guvoh bo‘ladilar” – deb keltiradilar”.
Xulosa, bir o‘lkada azon tovushi yangrab turar ekan, u hududda shaytonning yomonligi va uning vasvasasi, insonlarning o‘rtasidagi fitna, poraxo‘rlik va tushunmovchiliklar, o‘z joniga qasd qilish (suiqasd), yoshlarning o‘rtasida avj olib borayotgan muammolar, jinlarning insonlarga tegishi, sehr-jodu va issiq-sovuq amallar hamda shu kabi turli zararli illatlar kamayadi.

Manbalar asosida tayyorlandi.
Buxoro shahar “Xo’ja Tabband” jome’ masjidi 
imom-xatibi Kamoliddin domla Niyozov 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:45
Куёш: 06:34
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:45
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram