Boylikni haloldan izlab halolga sarflash.
23 сентябр 2016 й.
2768 марта ўқилди.

 Boylikni haloldan izlab halolga sarflash.

  Molu dunyo shahvati juda kuchli. Inson faqat moli bo’lishigina emas, balki moli to’p-to’p bo’lishini xohlaydi, Alloh taolo kamoli bo’lmish “Quroni Karim” Fajr surasining 20-oyatida marhamat qiladi:
“  Va molni ko’p yaxshi ko’rasizlar”.
      Mol-dunyoga muhabbat qo’yish insonning tabiatida borligi ma’lum bo’ladi bu muhabbat bo’lmasa dunyo obod bo’lmaydi. Bunda mol-dunyoni faqat yomonlayverish noto’g’ri. Faqat mol-dunyo harom-хarishdan topilgan bo’lsa yoki u nopok, haromxo’r odamning qo’liga tushib qolgan bo’lsa, mazammat qilinadi, yomonlanadi xolos. Chunki bunday odam molni yomonlikka sarflaydi va isrof qiladi. Biroq shariatga muvofiq tanilgan va shunday sarflangan mol haqida hech qanday yomonga bormaslik kerak.
      Odatda qo’liga birdan mol-dunyo tushgan odamda agar dindor taqvodor bo’lmasa, hovliqib ketadi, darrov buzg’inchilik qilishga kirishadi. Fir`avn ahlidan bo’lgan Horun ham shunday nafsi buzuq, nasihat kor qilmaydigan, boylik qutirtirgan kimsalardan edi. U o’z qavmining nasihatlarini quloqqa olmadi boyligi tug’yonga ketkazdi va oxiri halokatga uchradi.
      Dunyodagi ko’plab mol-dunyo sohiblari kabi, Horun ham boyligiga o’z bilganicha, o’z aqlicha qarar  edi. “Bu mol-mulk menga ilmim tufayli berildi, o’zimdagi qobiliyatni, ilimni ishga solib mol topdim, endi qanday qilib sarflashni ham o’zim bilaman”, deb o’ylar edi. Musulmon bo’lmagan boylarning barchasi hamisha xuddi shunday fikr yuritadi. Shuning uchun ham ular tug’yonga ketadi, boshqalar oldida takabburlik qiladi, yer yuzida buzg’inchiliklar sodir etadi.
      Islom xususiy mulkchilikka keng yo’l ochib beradi, kishilardagi mol-mulk doimo halol-pok yo’l bilan tapilishini ta`kidlaydi, nazorat qiladi, tekshiradi. Shuningdek, topilgan mol-mulkni halol pok yo’lda sarflash zarurligini ham qattiq tayinlaydi. Mol-mulk egasini tug’yondan, takabburlikdan va yer yuzida buzg’inchilik qilishdan qaytarib va o’ziga shukr qilishlikka buyirib Ibrohim surasining 7-oyatida quyidagicha marhamat qiladi:
Va robbingiz sizga: ”Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir”, deb bildirganini eslang.
      Shukr-ne’mat beruvchi zotga til bilan maqtov so’zlarni aytish, dil bilan o’sha maqtovni tasdiqlash va bu ne’matni Alloh roziligi yo’lida sarflashdan iboratdir. Berilgan ne’matga shukr etish insonning to’g’ri yo’lda ekanini ko’rsatadi. Shukr qiluvchi inson Alloh taolo o’zini doim kuzatib turishini his etadi va ne’mat yetganda paydo bo’ladigan manmanlik, isrof va shunga o’xshash salbiy holatlardan xoli bo’ladi. Natijada o’ziga berilgan ne’matlardan tejab-tergab foydalanib, yaxshi amallarni ko’paytiradi.
      Yetgan ne’matga shukr qilmaslik, kufrona ne’mat bo’lish uni bergan Zotga – Allohga kufr keltirishdir. Bunday odamlar “Ne’matni Alloh berdi”, demaydi, balki “Unga o’z ilmim, harakatim va ustaligim, tadbirkorligim tufayli erishdim”, deydi. Shu sababdan bundaylar o’zlaridagi moddiy imkoniyatlarini harom-xarish, manmanlik, shuhratparastlik va shunga o’xshash salbiy yo’llarga ishlatishadi. Oqibatda qattiq azobga uchraydilar. Alloh taolo panoh bersin bunday illatlarni o’zimizga mujassam qilib olishligimizdan, mol-mulkimizni mana shunday yomon yo’llarda sarflashimizdan o’zi saqlab, Alloh doim bizni bilib, kuzatib turganini his qilgan holimizda rizqimizni haloldan izlab, doimo roziligini topadigan, jannatiga doxil bo’ladigan amallarida sarmoyamizni sarflashligimizni nasib ro’zi aylagan bo’lsin. 
 
“Malishoyak” jom’e masjidi 
imom xatibi  Sh.Rahmonov
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:47
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram