Duoning fazilati
08 июл 2019 й.
«орқага
1612 марта ўқилди.
Duoning fazilati
Bismillahir rohmanir rohim.Alloh taolo Qur`oni karimda shariat ko’rsatmalarini zikr qilib, biz bandalariga mehribon va rahmli ekanligini takror va takror eslatadi. Shu bilan birgalikda bandalari barcha tilak istaklarini undan so’rashliklarini aytib duoga targ’ib qiladi. Bu haqda Alloh taolo marhamat qiladiki: Duo qilinglar ijobat qilaman.
Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) hadisi shariflarida marhamat qilib aytadilarki: “Duo ibodatdir”. Oyati karimalar va hadisi shariflardan bizlarga malum bo’ladiki, duo ibodat darajasiga ko’tarilgan. Biz mo’min musulmonlar duo qilishlikda Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.)dan ibrat olamiz.
Abu Hurayra(r.a.)dan rioyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Sizlardan birortalaringiz duo qilsa Allohim xoxlasang kechir, xoxlasang rahm qil, xoxlasang rizqlantir demasin. Qasd qilsin so’raydigan narsasini. Albatta Alloh xoxlaganini qiladi. Uni majburlovchi yo’q”.
Imom Buxoriy (r.a.) rivoyati. Bu hadisni sharhlagan ulamolarimiz aytadilarki bunday tarzda duo qilishlik bandaning duosini qabul bo’lisligiga gumoni borligini bildiradi. Alloh taolo saxiy zot. Bahil emas, xoxlagan bandasiga xoxlagan narsasini beradi.
Abu Huayradan (r.a.) rivoyat qilingan boshqa bir hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilarki: ”Duo qilinglar Allohga uni ijobat bo’lishligiga ishongan holatda. Bilinglar albata Alloh g’ofil, beparvo qalbdan chiqan duoni qabul qilmaydi “. Imom Termiziy (r.a.) rivoyati.
Bu hadisi sharifni sharhida ulamolarimiz aytadilarki avvalambor, duo qiladigan banda duosi qabul bo’lishligiga ishonishi kerak. Undan keyin munkar ishlardan tiyilib, duoning qabul bo’lish shartlariga rioya qilgan holatda, qalbini hozirlab,ixlos bilan duo qilsa ijobat bo’ladi deydilar.
Hadisi shariflardan ibrat olib Alloh taologa duo qilayotgan vaqtimizda Payg’ambarimiz (s.a.v.)ni biz umatlariga bergan ko’rsatmalariga muvofiq xojatlarimizni parvardigori olamdan so’rasak inshaAlloh beradi. Alloh taolo bandalariga o’ta mehribon va rahimli zotdir.
Kogon tuman Xo’ja Ka`bul Axbor Vali
jome’ masjidi imom xatibi Odilov Haydar