Eng sodiq hamroh
12 июл 2016 й.
2685 марта ўқилди.

 Eng sodiq hamroh

 
Anas ibn Malik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Mayyitga uch narsa ergashadi. Uning ahli, yig'gan molu-dunyosi va qilgan amallari. Ularning ikkitasi ahli va molu-dunyosi qaytib, amali esa banda bilan birga qabrida hamroh bo'ladi".
Bu haqiqatni har birimiz juda yaxshi anglab, qabrda bizga hamroh bo'ladigan va foydamizga guvohlik beradigan solih amallarni ko'paytirishimiz lozim. Afsuski hayotda ko'pincha buning aksi bo'ladi. Odamlar bola-chaqa va molu-dunyoga haddan tashqari ko'p e'tibor berib, hattoki butun umrlarini shu ikki narsa tashvishi bilan o'tkazib yuborishadi. Alloh taolo bunday kishilarni ogohlantirib shunday deydi: "Ey iymon keltirganlar, na molu-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya'ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o'girtirib qo'ymasin. Kimki shunday qilsa, bas ana o'shalar ziyon ko'rguvchi kimsalardir".
Yana bir oyati karimada Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi: "Sizlarning molu-mulklaringiz va bola chaqalaringiz faqat imtihon uchundir xolos. Ulug' ajr-mukofot esa, yolg'iz Allohning huzuridadir".
Bu bilan inson molu-dunyo va bola chaqadan butunlay yuz o'girishi lozim degan ma'no kelib chiqmaydi, balki ularning tashvishi deb Allohning zikri va ibodatidan to'silib qolmaslik nazarda tutilmoqda.
Alloh taolo aytadi: "Molu-dunyo va bola-chaqa bu dunyo hayotining ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida abadiy qoluvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroqdir".
Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, inson tabiatan boylik va molu-dunyo ko'paytirishga moyil bo'ladi. Buni inobatga olgan Islom dini kishilarni ehtiyojlariga yarasha molu-dunyo to'plab, uni yaxshilik uchun sarflashga targ'ib etadi.
Yaxshilikdan oldin yaxshilik qilish fazilat, yaxshilikdan keyin yaxshilik qilish mukofot, yomonlikdan keyin yaxshilik qilish oliyjanoblik ekanligini aslo unutmaylik.
 
Karimov Olimjon
Peshku tuman Bobo arab jome` masjidi imom xatibi
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:50
Куёш: 06:40
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:30
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram