Erta turmushga chiqishning oqibatlari.
13 ноябр 2017 й.
9886 марта ўқилди.

 Erta turmushga chiqishning oqibatlari.

Oila qurish inson hayotidagi eng mas`uliyatli ishlardandir. Mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Har bir oila mustahkam poydevorga ega bo`lishiga erishish, jamiyatda har bir go`dakning sog`lom tug`ilishi va yashab ketishi to`la kafolatlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratishga e`tibor qaratilmoqda. 
Darhaqiqat, birinchi prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek: “Oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta`minlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`idir”. Konstitutsiyamizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi” deya belgilab qo`yilgan. Mazkur tamoyil asosida mamlakatimizda oilani har tomonlama qo`llab-quvvatlash, unga moddiy va ma`naviy ko`mak berish choralari ko`rilmoqda. 
Mutaxassislarning fikriga qaraganda, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillardan biridir.
Oila muqaddas dargoh. Har bir turmush qurgan inson uni asray bilishi lozim. Ba`zi insonlar Islom dini qizlarni barvaqt uzatishga chaqiradi, degan noto`g`ri tushunchada yuradilar. Bu- asossiz gap. Islomda hali balog`atga yetmagan, turmushga tayyor bo`lmagan o`smir qizlarni uzatish yoki nikohlash lozim, degan gap yo`q. Hatto balog`atga yetgan, jismoniy tarafdan turmushga tayyor yigit, agar oilani boqa olmasa, uning uylanishi shart emasligi aytiladi.
Ta`kidlash kerakki, hozir shifokorlar 16-17 yoshli qizlar turmushga toyyor emasligi, homiladorlik va tug`ruq holatida qiynalib qolayotganini aytib, ularni 19-20 yoshlarda turmushga berishni, yigitlarga 20-22 yoshlarda uylanishni tavsiya qilishmoqda. 
Hozirgi kunlarda avvalgiga nisbatan ajralishlar soni oshib bormoqda. Uning sabablaridan biri, hech shubhasiz, erta turmush qurishdir. Yigit-qizlarning turmush qurishlarida yosh belgilanishiga sabab, aynan shu yoshlarda ular ham jismonan, ham ruhan oila qurishga tayyor, hayotda o`z orniga ega bo`lgan, oila deb atalmish buyuk maskanni nima ekanligini tushunib yetgan bo`ladi. Erta turmush qurishni 18 yoshdan kichik yoshdagi qizlarni turmushga chiqishini tushunsak bo`ladi. Hozirda qizlarni erta turmushga chiqishiga qarshi kurashlar bo`lmoqda. Joylarda ota-onalarga va qizlarni o`zlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Erta turmush qurgan qizlar o`z erkinligini, mustaqilligini yo`qotadi. 16-17 yoshga to`lgan qizni boshida turmush degan yuk osilib tursa… U hali o`zi bola bo`la turib, bolalik bo`lsa… U ko`p narsadan ayriladi. Tajribasizligi tufayli erini oldidagi vazifalarini ham uddalay olmaydi. Uy ishlarini ham eplolmaydi, qaynonasidan dakki eshitadi. Bolali bo`lgandan keyin, uni parvarishlashga yetarli malakasi bo`lmay, ko`p qiyinchiliklarga uchraydi. Ko`p hollarda farzandlarning nogiron, mayib-majruh tug`ulishlari kuzatiladi. Yuzaga kelgan ko`pgina muammolarni yechishda to`g`ri y`ol tuta olmaydi. Noto`g`ri qarori bilan o`zini ham, boshqalarni ham baxtsiz qilishi mumkin. Mana shular natijasida  kelishmovchiliklar kelib chiqib, ajrashayotgan oilalar soni ko`payib boradi. Ana shularning oldini olish maqsadida barchamiz bir tanu, bir jon bo`lib harakat qilmog`imiz lozim. Jamiyatda erta turmush qurishning oz bo`lsada oldini olsak, menimcha davlatimiz ko`zlagan maqsadlariga erishishi osonlashadi. Axir, davlatimizga ham sog`lom ona va bolalar kerak.         
 
 
 
                             “Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta-maxsus islom bilim yurti
                                              3-A  kurs  talabasi Raxmatova Nilufar              
 
 
 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:56
Пешин: 13:10
Аср: 16:25
Шом: 18:00
Хуфтон: 19:40
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram