Hasadning oqibatlari
22 январ 2017 й.
«орқага
2692 марта ўқилди.
Hasadning oqibatlari
Mo’min musulmonlarga xos bo’lmagan salbiy sifatlardan biri o’zgalarga xasad qilishlik. Olloh taolo bir qancha oyatu karimalarida hamda payg’ambarimiz (s.a.v.) hadisu shariflarida hasadchini hasad qilishligini qoralaganlar va undan panoh so’rashlikka chaqirganlar. Bu haqda Olloh taolo “niso surasida “:
“Yoki Olloh odamlarga O’z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?” degan (54- oyat)
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.): “Hasadda saqlaning! Chunki, hasad yaxshiliklarni xuddi olov o’tinni yegandek yeb yuboradi”- dedilar. Abu Dovud rivoya qilgan.
Hasad qiladigan insonning qilgan savobli ishlari bo’lsa, qilgan hasadi tufayli bekorga chiqishini hamda hasad bor joyda yaxshilik qolmasligini biz ushbu hadisdan bilib olamiz.
Qaysi bir jamiyatda hasad degan illat tarqaydigan bo’lsa u joyda yaxshilikdan asar ham qolmaydi.
Zomra ibn Sa’laba (r.a.)dan rivoyat qilinadi:”Payg’ambar (s.a.v.):” Modomiki hasad qilishmasa, odamlar yaxshilikda bardavom bo’ladilar”,-dedilar.Tobaroniy rivoyati.
Demak insonlar bir-birlariga hasad qiladigan bo’lsalar, oralaridan yaxshilik ko’tarilar ekan. Odamlar orasidan yaxshilik ko’tarilganda esa bunday jamiyat halokatga yuz tutishligi muqarar bo’ladi.
Abdulloh ibn Busr (r.a)dan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar (s.a.v.):” Hasad egasi mendan emas”, dedilar “.Taboroniy rivoyat qilgan. Ya’ni , hasadchi mening ummatim emas deganlar.
O’zini bilgan musulmon inson uchun bunday holga tushushdan ham ortiqroq badbaxtlik bo’lmasa kerak. Har bir inson boshqa ma’naviy jinoyatlardan qutilish barobarida, hasad kabi katta ma’naviy jinoyatdan ham qutilishi shart. Ana shundagina hasaddan xoli bo’lgan jamiyatdan yaxshiliklarni umid qilsa bo’ladi. Har birimiz hasaddan forig’ bo’lib, qalbimiz toza holga kelishiga harakat qilishimiz lozim bo’ladi. Olloh taolo bu yo’lda barchalarimizga O’zi madadkor bo’lsin.
Xo’ja Ka-bul Axbor Vali
jome’ masjidi imom
xatibi Odilov Haydar