Hasadning salbiy oqibatlari
24 август 2024 й.
1456 марта ўқилди.

 Hasadning salbiy oqibatlari

Mo’min musulmonlarga xos bo’lmagan salbiy sifatlardan biri o’zgalarga xasad qilishlik. Alloh taolo bir qancha oyatu karimalarida hamda Payg’ambarimiz (s.a.v.) hadisu shariflarida hasadchini hasad qilishligini qoralaganlar  va undan panoh so’rashlikka chaqirganlar. Bu haqda Alloh taolo “niso surasida “:
 “Yoki Alloh odamlarga O’z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?” degan (54- oyat) 
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.): “Hasadda saqlaning! Chunki, hasad yaxshiliklarni xuddi olov o’tinni yegandek yeb yuboradi”- dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan.
Hasad qiladigan insonning qilgan savobli ishlari bo’lsa, qilgan hasadi tufayli bekorga chiqishini hamda hasad bor joyda yaxshilik qolmasligini biz ushbu hadisdan bilib olamiz.
Qaysi bir jamiyatda hasad degan illat tarqaydigan bo’lsa u joyda yaxshilikdan asar ham qolmaydi. 
Zomra ibn Sa’laba (r.a.)dan rivoyat qilinadi:”Payg’ambar (s.a.v.):” Modomiki hasad qilishmasa, odamlar yaxshilikda bardavom  bo’ladilar”,-dedilar. Tobaroniy rivoyati.
Demak, insonlar  bir-birlariga   hasad qiladigan bo’lsalar, oralaridan yaxshilik ko’tarilar ekan. Odamlar orasidan yaxshilik ko’tarilganda  esa bunday jamiyat halokatga yuz tutishligi muqarar bo’ladi. 
Abdulloh ibn Busr (r.a)dan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar (s.a.v.):” Hasad egasi mendan emas”, dedilar “.Taboroniy rivoyat qilgan. Ya’ni , hasadchi mening ummatim emas deganlar. 
O’zini bilgan musulmon inson uchun bunday holga tushushdan ham ortiqroq badbaxtlik bo’lmasa kerak. Har bir inson boshqa ma’naviy  jinoyatlardan  qutilish barobarida, hasad kabi  katta ma’naviy  jinoyatdan ham qutilishi shart. Ana shundagina hasaddan  xoli  bo’lgan jamiyatdan yaxshiliklarni umid qilsa bo’ladi. Har birimiz hasaddan forig’ bo’lib, qalbimiz toza holga kelishiga harakat qilishimiz lozim bo’ladi. Alloh taolo bu yo’lda barchalarimizga O’zi madadkor bo’lsin. 

 

“Xo’ja Ka`bul Axbor Vali" jome

  masjidi imom-xatibi Odilov Haydar

 

 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:55
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:10
Шом: 18:55
Хуфтон: 20:25
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram