Husni xulqning fazilati
01 феврал 2020 й.
1194 марта ўқилди.

 

Husni xulqning fazilati

Shariatimiz ko’rsatmalari insonlarni hamisha husni xulq sohibi bo’lishlikga chaqiradi. Shuning uchun islom dinida xulqni sayqalashga alohida e’tibor beriladi. Alloh taolo qalam surasida Payg’ambarimiz (s.a.v.)ni madh etib marhamat qiladi: “Va, albatta, sen ulkan xulqda san” degan. Bu oyati karima Payg’ambar (s.a.v.) uchun eng katta va oliy  bahodir. Alloh taolo u zotga xitob qilib,  xulqlarini ulug’lik bilan sifatlamoqda . 
Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning  o’zlari ulug’ odob sohibi bo’lganlar va biz ummatlarini ham husni xulqli bo’lishga chaqirganlar . 
Abu Dardo (r.a)dan rivoyat qilinadi: “Qiyomat kuni mo’mining me’zonida chiroyli xulqdan ko’ra og’irroq narsa bo’lmas. Albatta, Alloh  faxsh va chirkin so’z aytuvchini yomon ko’radi”, dedilar. Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan .
Oysha (r.a)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.)ning:” Albatta, mo`min o’zining chiroyli xulqi ila ro’za tutuvuchi va bedor bo’luvchining darajasini topadi”, deganlarini eshitdim”. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Hibon va Hokim rivoyat qilishgan 
Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.) menga: “qayerda bo’lsang ham, Allohga taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir bu uni o’chiradi. Odamlarga chiroyli xulq ila muomala qil”, dedilar”. Termiziy rivoyat qilgan .
Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qilinadi: “Nabiy (s.a.v.): Sizlarning yaxshingiz chiroyli xulqligingizdir“, dedilar”. Termiziy , Muslim va Buxoriy rivoyat qilishgan . 
Biz umat har doim husni xulq sohibi bo’lishga harakat qilishimiz lozim. Yuqorida zikr qilingan hadisu shariflardan ibrat olib Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v)ga ergashgan holatda chiroyli odob axloq egasi bo’lishimiz kerak. Ana shundagina Payg’ambarimizning hadislarida chiroyli xulq sohiblari uchun va’da qilingan ajrlarga erishamiz. Alloh taolo barchalarmizni mana shunday ulug’ baxtga muyassar etsin.

Kogon tuman “Xo’ja Kabul Axbor Vali”
jome’ masjidi imom xatibi Odilov Haydar
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:47
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram