IJTIMOIY SOHNI MOLIYALASHTIRISHDA VQF MLIYOTINING OʼRNI (1-qism)
12 2022 .
811 қ.

IJTIMOIY SOHNI MOLIYALASHTIRISHDA VQF MLIYOTINING OʼRNI (1-qism)

Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar davrida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy sohani moliyalashtirishda yangicha yondashuvlar samarali natija bermoqda. Ulardan biri sifatida ijtimoiy moliyalashtirishni amalga oshirishda vaqf institutidan foydalanishni alohida e’tirof etish mumkin. Vaqf insitutlari mamlakatda mavjud moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va ijtimoiy sohaga yo’naltirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, so’nggi yillarda O’zbekistonda ham ushbu sohani rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-son Farmoniga asosan «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Mazkur fond 2018-yil 10-may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu fondni tashkil etilishi vaqf amaliyotining istiqboldagi muvaffaqiyatlari uchun dastlabki qadam bo’ldi .
Oʼzbekiston Milliy ensiklopediyasida vaqf termini quyidagicha izohlangan: “Vaqf” soʼzi arabchadan olingan boʼlib – musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va boshqalar vaqf mulki boʼlishi mumkin. Oʼz mulkini vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yoʼqotadi. Lekin uning oʼzi yoki oila aʼzolari yoxud uchinchi bir shaxs vaqf mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun vaqf mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. Oʼz mulkini vaqf mulki sifatida topshirgan shaxsning farzandlari yoki boshqa avlodlari mazkur vaqf mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. Vaqf mulkini shariat qonuni boʼyicha davlat boshligʼi yoki qozi nazorat qiladi
Mamlakatimizda tashkil etilgan “Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari sifatida masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, taʼmirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish, diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʼquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, yetuk olim va ulamolari qatlamiga mansub diniy-maʼrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga koʼmaklashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash keltirib oʼtilgan.

O'MI Buxoro viloyati vakilligi xodimi,
O’zXIA, magistranti Abdullayev Firuz

 

«қ

-
: 04:45
: 05:35
: 13:10
: 18:25
: 20:10
: 21:40
Ңқ қ »
» »
»
Telegram