ILM VA HIKMAT SOHIBINING FAZLI
20 сентябр 2024 й.
89 марта ўқилди.

 ILM VA HIKMAT SOHIBINING FAZLI

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam o‘zlarining muborak bir hadislarida ularga havas qilinadigan toifalarni sanab quyidacha marhamat qilganlar: Faqat ikki narsadan boshqasida hasad yoʻq. “Birinchisi Alloh taolo bir odamga mol-u dunyo ato etadi U berilgan molni toʻgʻri yoʻlda sarf qiladi. Ikkinchisi esa Alloh unga ilm ne’matini beradi. Haligi odam ilmi ila hukm chiqaradi va taʼlim beradi” .
Hadisda zikr qilingan “Hasad” aslida boshqaga berilgan neʼmatning zavolini orzu qilishni anglatadi. Bu gunoh hisoblanadi. Gohida “Hasad” soʻzi “Havas qilish” maʼnosida ham ishlatiladi. Yaʼni, boshqa kishiga berilgan neʼmatni koʻrib, uni oʻzida ham boʻlishini orzu qilish maʼnosida ishlatiladi. Bunga arablar “Gʻibta”, deydilar. Ushbu hadisi sharifdagi “Hasad” soʻzi ana oʻsha gʻibta - havas qilish maʼnosida kelgan. Demak, faqat ikki narsadagina birovga berilgan neʼmatni koʻrib turib, oʻziga ham oʻshanday neʼmat berilishini orzu qilish mumkin ekan. 
Birinchi Alloh taolo tomonidan kishiga ato qilingan boylik.
Ikkinchisi Alloh taolo tomonidan ne’mat sifatida berilgan ilm. Hadisda zikr qilinganidek, boyligini to‘g‘ri yo‘lda sarflaydigan boy inson va ilmini odamlarga o‘rgatadigan olim kishilarga havas qilish mumkin ekan.
Alloh subhanahu va taolo ilm va hikmatni bandalari ichidan o‘zi xohlaganiga ato qiladi. Bu xususida Qur’oni karimda quyidagi oyatlar nozil bo‘lgan:
يُؤْتِي الْحِكْمَةَ مَن يَشَاءُ ۚ وَمَن يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ أُوتِيَ خَيْرًا كَثِيرًا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّا أُولُو الْأَلْبَابِ
Hikmatni o‘zi istagan bandasiga ato etadi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, unga ko‘p yaxshilik ato qilinibdi. Faqat aql egalarigina eslatma olurlar .
Alloh taolo xitob qilganidek, ilm-u hikmat ato qilingan shaxslarga dunyo va oxiratda katta yaxshilik ato qilingan bo‘ladi. Chunki hikmat va ilm sohibi birinchi navbatda o‘ziga ato qilingan bu ulug‘ ne’matlarga shukr keltiradi. Natijada Alloh yana unga ziyoda qiladi. Insonlarning o‘rtasida Alloh taolo tushirgan shariat bilan o‘zidagi ilm orqali hukm qiladi. Shu orqali Nabiy sollallohu alayhi va sallamga haqiqiy merosxo‘r ekanini isbotlaydi. Shu e’tibordan ilm va hikmat sohiblarining fazli nihoyatda ulug‘dir. Ular doimo Alloh taoloning nazarida turadilar. Alloh taoloning nazari tushgan shaxslar esa hech qachon xor bo‘lmaydilar. Shuning uchun ularga dinda havas qilinadi.
 
Romitan tumani bosh otinoyisi Avezova Dilnoza
 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:15
Куёш: 06:51
Пешин: 13:10
Аср: 16:35
Шом: 18:20
Хуфтон: 20:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram