Internet hujumiga qarshi immunitet
25 феврал 2016 й.
2569 марта ўқилди.

 Internet hujumiga qarshi immunitet

Hozirgi kunimizda ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani hammaga ma’lum. Xususan internet yoshlar orasida juda rivojlanib ketdi. Internet o’zi yaxshilik uchun chiqarilgan bo’lsa ham lekin oxirgi paytlarda uning zarari ko’p bo’lyapti. Hozirgi kunda internet ba’zida yosh yigit qizlarimizni buzilishiga, sharmsiz suratlar, videolarni ko’rishlariga, o’zaro  noshar`iy aloqalarni olib borishlariga, jinoyat  yo’liga kirishlariga hatto muqaddas ona vatanga xiyonat qilishlariga sabab bo’lmoqda.
 
Albatta internetni yo’qotish kerak degan fikr xatodir. Chunki undan yaxshilik yo`lida foydalanayotganlar ham juda ko’p. Qolaversa zamon rivojlanayapti, hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda qiyin bo’lib qoldi. Savol tug’iladi, qanday qilib yoshlarimizni internetning xurujidan, uning yomonliklaridan saqlashimiz mumkun. Bu savolga har kim ilmiga yarasha, aqlining darajasiga binoan javob beradi. Lekin “Yoshlarimizning Islomiy immunitetini kuchaytirish kerak” degan fikir to’g’ri bo’lsa kerak. Chunki insonning o’zining fikri bir xil bo’lmaydi. Hozirgi fikridan vaqt o’tgandan keyin qaytishi mumkin. Islom dini esa insoniyatga nima yaxshiyu, nima yomon, nima unga foyda keltiradi, nima unga zarar keltirishini bilguvchi zot Alloh taolo  yuborgan dindir. Ma’lumki dinimizda gunohning oshkorasiga ham maxfiysiga ham ruxsat berilmaydi. Alloh taolo Qur’oni Karimning An’om surasida shunday marhamat qilgan; “Gunohning oshkorasini ham, maxfiysini ham tark etinglar! Albatta, gunoh qilganlar qilmishlari tufayli jazolanurlar”.
Alloh taolo inson qilgan barcha gunohlarini biladi. Xoh u bildirib qilsin yoki bildirmasdan yashirib qilsin. Haqiqiy Allohga iymon keltirgan inson Alloh taolo bandasini ko’rib turishini biladi. Agar u shuni doim his qilib yursa har qanday gunoh turidan chetta bo’lishga harakat qiladi. Bir misol keltiradigan bo’lsak endi voyaga yetgan yigitni bir xonaga komyuterni internetga ulab uni yolg`iz qo’ysak. U uyda boshqa hech kim bo’lmasa va o’sha uyda kamera o’rnatilgn bo’lsa. Agar yigit kamera qo’yilganini bilsa internetga kirishda har xil noaxloqiy, noshar`iy saytlarga  kirishdan o’zini tiyadi. Chunki u biladi bu kamera uning qilgan ishlarini yozib oladi. Agar o’sha kamera borligini bilmasa xohlagan ishini qiladi…
Xuddi shuningdek Alloh taoloni tanisa, bilsa, U Zot har qanday holatda ham uni ko’rib turishini va shuning uchun uni jazolashi mumkinligini bilsa har qanday holatda ham o’zini saqlaydi. Erta qiyomatda Alloh taologa javob berishini o’ylaydi. 
Yoshlarimizning Islomiy immunitetni kuchaytirish nafaqat ularni axloqiy  buzilishlardan balki har xil ekstremistik g’oyalar ularning ongini zaharlashidan ham saqlaydi. Hozirgi kunda ekstremistik g’oyalar yoki mazhabsizlarning har xil fikrlari  yoshlarimizning ongini zaharlashiga ko’p hollarda yoshlarimizning islomiy ilmlardan xabarsizligi ham sabab bo’lmoqda. Yoshlarimizga ba’zida diniy immunitet bo’lmagani tufayli har xil g’oyalar fikrlar oldida dovdirab qolyaptilar. Vaholanki bu g’oyalar haqiqiy islom ta’limotlariga ziddir. Islom dushmanlari islom dinini shu nomni o’zlariga niqob qilib buzishga harakat qilishlari yangilik emas.
Davlatimiz yoshlari dunyoviy fanlarni puxta egallashi bilan birga dinimizni ham bilishlari kerak. Ayniqsa dinimizda gunoh nima ekanligini bilishlari kerak.
Gunoh amallar juda iflos ish ekanligini his qilishlari lozim. Internet orqali buzilayotgan yoshlarning aksariyati gunoh degan narsa borligini xayollariga ham keltirishmaydi. Har xil no shar’iy axloqsiz ishlarni qilayotgan paytda ko’ngillarida bu ishlar uchun ertaga javob berish borligi o’tmaydi. Chunki unga yoshligidan gunoh ishlar tushuntirilmagan. Ba’zida gunohni nima ekanligini bilmaganlari tufayli hech kim ko’rmayapti deb haddan oshib ketadilar. Internet orqali tanishib, uchrashib, har xil buzuqliklar qiladilar. Buning natijasida o’zlarining va boshqalarning hayotlarini barbod qiliyaptilar. Inson gunoh qilgan sari qalbi qorayib boradi. Ko’p gunoh qilaversa qalb qop-qora bo’ladi. Natijada bunday kishidan na jamiyati va na xalqi uchun  yaxshilik chiqadi. Mana shu narsalarni yoshlarimiz to’g’ri tushunishlari va doim vatan, xalq uchun manfaat yo’lida yurishlari lozimdir. Olloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “U Zot ko’zlarining xiyonatini ham, ko’kslarida yashirgan narsalarni ham bilur”. 
Kimdir hech kimga bildirmasdan, o’g’rincha ko’z  qiri bilan birovga  qarasa albatta buni Olloh biladi. Buni hech qachon unutmaslik kerak. Bir kun Ollohning oldida javob berishlik bordir. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida: “Qayerda bo’lsang ham taqvo qil” dedilar. Internetga kirishdan oldin buni unutmaslik zarur. Boshqa hadislarda: “Odam bolasi qiyomatda umrini nimaga sarflagani so’ralmaguncha qadami Robbining huzuridan uzulmaydi” dedilar. Vaqt oliy ne’matlardan buni internet oldida o’tirgan kishi ham doim yodida saqlashi shart.
 
Aqiydaga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga qarshi turish, unga qarshi immunitet hosil qilish uchun esa islomiy sof  aqiydalarni yoshlarimiz bilishlari zarurdir. Ana shunda takfirchi bo’ladimi yoki mazhabsiz bo’ladimi yoki boshqa yot g’oyalar bo’ladimi vatanimiz yoshlari ularga qarshi sobit tura oladilar. Davlatimiz, millatimiz yaxlid bo’lishiga, rivojlanishiga vatanimiz ildizi mustahkam bo’lishiga sababchi bo’ladilar. Chunki internetdagi yovuz kuchlarning asosiy maqsadi dinni buzish, jamiyatni buzish shu orqali davlatni boshqarishdir. Biz yoshlar ana shuni teran fahmlashimiz kerak bo’ladi, bunday ajoyib yurtni kelajak  avlodlarga mustahkam qilib qoldirish bizning burchimizdir. Toinki bizdan keyin keladigan avlodlarning bu dunyolari obod, oxiratlari esa xayrli bo’lsin.
 
 
Mir Arab madrasasi 4 kurs talabasi
Abdulkarim Junaydov
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:47
Пешин: 13:10
Аср: 16:00
Шом: 17:25
Хуфтон: 19:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram