Istiqlol bergan nurli kelajak
02 сентябр 2016 й.
«орқага
2841 марта ўқилди.
Istiqlol bergan nurli kelajak
Allohga shukrlar bo’lsin mustaqillik tufayli xalqimizga keng imkoniyatlar va nurli kelajak eshigi ochildi. Mana, yurtimiz mustaqilligining yigirma besh yilligini nishonlamoqdamiz. Bu qisqa vaqt ichida ulkan muvaffaqiyatlar va faxrlanadigan yutuqlarga erishildi. Ochig’i, sovet davrida dunyo xaritasida O’zbekiston degan yurt borligini ko’pchilik bilmas edi.
Bugun yurtimizni 130 dan ortiq davlatlar tan olib, 50 dan ortiq mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatilgan.
Istiqlol sharofati bilan musaffo dinimiz va bebaho qadriyatlarimiz o’zimizga qaytdi.
Muhtaram yurtboshimiz muqaddas dinimizning xalqimiz ma’naviy, ruhiy hayotidagi o’rni haqida bunday deydilar: “Har qanday shafqatsiz taqdirlarga qaramasdan, xalqimiz baribir muqaddas dinimizga sodiq qoldi. Shuning o’ziyoq dinni inson, xalq va jamiyat hayotidan aslo o’chirib bo’lmasligidan yana bir bor dalolat beradi. Biz muqaddas dinimizning xalqimiz tarixidagi ana shunday beqiyos o’rni va ta`sirini inobatga olgan holda, uni har tomonlama tiklab hayotimizdan mustahkam va munosib o’rin olishiga erishdik”.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz fuqarolarining diniy savodxonligini oshirish, aqidaparastlik va missionerlikning oldini olishga qaratilgan bir qator adabiyotlar, qo’llanmalar nashr etildi. Jumladan, “Hidoyat” jurnali, “Islom nuri” gazetasi va “Ziyo” hamda “Hidoyat sari” ko’satuvlarining bu boradagi faoliyatini aytib o’tish mumkin.
O’tgan buyuk ajdodlarimizning Islom ilm fani va madaniyati rivojiga qo’shgan buyuk hissalari va mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan diniy qadriyatlar hamda boy diniy ma`naviy merosga berilgan e’tiborni inobatga olib, ISESCO tashkiloti 2007 yil Toshkent shahrini Islom madaniyai poytaxti deb e’lon qildi. Bunday yuksak e’tirof xalqimizga juda katta faxr va iftixor tuyg’usini uyg’otdi.
Ulug’ bayramimiz Mustaqillikning 25 yilligi barchamizga muborak bo’lsin.
“Xo’ja Ali Romitaniy”
jome` masjidi imom- xatibi
Otabek Rahimov