IYMON HALOVATI
27 апрел 2016 й.
2922 марта ўқилди.

 IYMON HALOVATI

Rivoyat qilishlaricha bir yigit jum’a kuni jum’a namozga kelib oldingi safdan joy olibdi. Imom xutbani boshlagandan keyin tahoratga chiqishi kerak bo’lib qolib, lekin oldingi qatordaligi va orqa qatorlar ham to’laligini ko’rib hijolat bo’lib, o’ylanib tursa yonidagi bir qariya: “ Mani yaktagimni ichiga kirib tahorat qilib oling”, - deb, yaktagini ochibdi. Yigit qarasa yaktakning ichida katta va chiroyli tahoratxona bor ekan. Tahorat qilib chiqgunicha esa bir lahza ham vaqt o’tmagan ekan. Yigit qariyaning karomatiga qoyil qolibdi.
 
Oradan bir necha yil o’tib yigit ulg’ayib tijorat bilan boshqa shaharga bormoqchi bo’libdi va bir shayxning huzuriga kelib: “Taqsir haqqimga duo qilsangiz safarga chiqyapman, savdolarimni, ishlarimni rivojini so’rasangiz”, - debdi. Shayx “ Alloh oxiratda ham iymoninggizni hamroh qilsin”, - deb duo qilibdi. Yigit so’zini uch-to’rt marta takrorlabdi. Shayx ham shu duoni takrorlabdi. Shunda yigitning jahli chiqib “ Faqat oxiratni so’radingiz endi ishlarimni rivojini ham so’rang”, - debdi. Shayx: “ Bu dunyo ishlarini so’rasangiz ham so’ramasangiz ham balki Alloh berar lekin oxiratga iymon bilan borishlik hammaga ham nasib qilmaydi, esingizdami, ancha yil oldin jum’ada bir qariyaning yaktagining ichida tahorat qilib olgandingiz, o’sha kishi ham oxiratga iymonsiz ketdi”, - debdi. Yigit qilgan ishidan pushaymon bo’lib, Allohga tavba qilibdi.
 
     Bu voqea bo’lganmi yoki yo’qmi Allohga ayon. Lekin bu qissada bizlar uchun katta ibrat bor. U ham bo`lsa bizlar ko`pincha  Alloh Taolodan dunyo hojatlarini so’raymiz-u lekin oxiratga kelganda jim turamiz. Axir kechalari bilan ibodat qilib oyoqlari shishib, Allohdan istig’for so’rab, bizlarni ham istig’for aytsihga undagan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ummat emasmiz. Ul zoti muborak ma’sum bo’lsalar ham, gunohdan pok bo’lsalar ham, tun-u kun ibodat qilar edilar. Nega bizlar gunoh-u ma’siyatlarga botib turganimizda iymon mustahkamligini so’ramaymiz?! Ibodatlarimizni qoyillatib qo’yganday xotirjammiz, ibodatlarimizda iymon halovatini topa olmayapmiz. Fahshga, zinoga tezlik bilan boradigan qadamlarimiz Allohning ibodatiga kelganda sekinlashadi, yoki to’xtaydi. Yolg’onga, g’iybatga osonlik bilan moslashgan tillarimiz rostgo’ylikka juda ham qiynaladi. Poraxo’rlik, sudxo’rlikka erinmagan qo’llarimiz sadaqa berishlikka kelganda erinadi. Yomonlik qilishga o’rgangan nafsimizga yaxshilik qilishlikni o’rgatolmayapmiz. Albatta bularning barchasi iymonimizning zaifligidandir.
 
Qiladigan ibodatlarimizdan havolanib ketmaylik  Alloh qabul qiladimi yo’qmi oxiratda ayon bo’ladi. Ilmimizda ham kibrga beriymaylik ulardan qaysi biri foydali yoki foydasiz ekanligini ham oxiratda bilib olamiz.
 
Alloh barchalarimizni bu dunyo ishlarimizga ham, oxirat ishlarimizga ham rivoju ravnaq bersin!
 
 
ASHUROV MIRFAYZ
PESHKU TUMAN “HALIM POLVON” 
JOME’ MASJIDI IMOM-XATIBI
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:45
Куёш: 05:35
Пешин: 13:10
Аср: 18:25
Шом: 20:10
Хуфтон: 21:40
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram