Iymon – qalbning ozuqasi
22 октябр 2023 й.
764 марта ўқилди.

Iymon – qalbning ozuqasi

  Inson o‘ziga o‘lim kelganida uning tashqi zehnida balki qalbida aylanib yurgan o‘ylari nima ekaniga hamda o‘zi bilan birga yashagan va o‘zi sevgan ichki vujudida yashiringan o‘ylariga e’tibor berib qarasin. Agar o‘zi bilan birga yurgan yuzaki o‘ylari Alloh taolo zimmasiga olgan dunyo hamda Alloh kafolatini bergan rizq va maishat bo‘lib, haqiqiy iymoni va tavhid daraxti Allohning muhabbati hamda qo‘rqinchi bilan uning qalbini va doimiy fikrini egallagan bo‘lsa, bu inson garchi Allohning oldida kamchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, xotirjam bo‘laversin. Uning ko‘ngli to‘q bo‘lsin, uning zehnidan uchib ketadigan narsa o‘sha yuzaki va dunyoviy o‘y-fikrlari bo‘ladi. U xotirjam bo‘lsin, o‘lim kelsa, uning fikridan uchib ketadigan narsa Alloh taolo kafolat bergani uchun e’tibor bermay yurgan uning dunyoviy yuzaki fikrlari bo‘ladi. Ammo uning ichki aqlida berkinib o‘rnashgan fikrlar ushbu iymon daraxtidir. U narsa Allohning zikri, toat-ibodatlari hamda harom qilingan ishlardan uzoqlashishi bilan doimiy oziqlantirib kelgan o‘sha iymoniy daraxtdir. Unga e’tibor bering, o‘lim tegirmoni yuzaga keltirayotgan jon talvasasini boshdan o‘tkazayotganda uni qanday topasiz? Albatta u ushbu: «La ilaha illalloh, Alloh, Alloh», kalimasini tinmay takrorlaydi. Ammo bu vaqtda undan dunyo yuz o‘girsa ham, u parvo qilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki shirk keltirmay Allohga ro‘baro‘ bo‘lsa, Alloh taolo unga do‘zax o‘tini harom qiladi va jannatga kiritadi» – deganlarida ana shu narsani nazarda tutgan edilar. Ushbu so‘zlar kichik bir misol ekanini yaxshi bilasizlar, ey Allohning bandalari.
   Bir inson o‘lim to‘shagiga yotib qoldi va o‘zini tabibning jarrohlik pichog‘iga taslim qildi. Tabib jarrohlik amaliyotini boshladi. Tabib unga amaliyot og‘riqlarini kamaytirish uchun uxlatuvchi narkoz berdi. Endi siz uning tilini qimirlatib gapirayotgan so‘zlariga e’tibor bering: u nimalarni so‘zlaydi? Narkoz ta’siridagi ushbu inson o‘zining atrofidagi molu dunyosi haqida so‘zlaydi. U ichki aqlida yashiringan narsalarni aytib tilini qimirlatadi. Molu dunyosiga oshiq bo‘ladi, o‘zining tijorati haqida, falonchi tortib olgan molini, falonchi qarzga olgan pulini va boshqa-boshqa narsalari haqida so‘raydi... Agar uning qalbi biror kishiga bog‘lanib qolgan bo‘lsa, u o‘zi yaxshi ko‘rgan o‘sha narsaning ismini aytib chaqirayotganini ko‘rasiz. Ammo bu inson Allohni ko‘p zikr qiluvchi kishilardan bo‘lsa, uning tili hamisha Allohning zikrini takrorlaydi.
   Alloh subxanahu va taoloning bayonoti tushuntirib bergan ushbu ma’noga e’tibor qilinglar: -  «Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, unga torchilik hayoti bo‘lur va qiyomat kuni uni ko‘r holida tiriltirurmiz», dedi. U: «Ey Robbim, nima uchun meni ko‘r holda tiriltirding. Axir, ko‘ruvchi edim-ku!» dedi». (Toha, 124-125).
Men tirikligimda «La ilaha illalloh» kalimasini aytib iymon keltirgan edim- ku!
«U zot: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa ularni unutding? Shuningdek, sen ham bugun unutilursan», dedi». (Toha, 126).
Bu o‘zini dunyoga yuzaki bog‘lagan insonning ishidir. Chunki bu inson Alloh taolo unga dunyo saodati kafolatini berganiga ishonadi, lekin uning muhim vazifasi o‘zi uchun o‘sha saodatini yig‘ish bo‘ladi.
    Ammo «La ilaha illalloh» kalimasini ertayu kech aytib yurgan va ushbu hadisni eshitgan bu odam o‘zini Alloh taolo mag‘firat qiladigan, najot topuvchi saodatli kishilardan ekaniga ishonib dunyoning behuda o‘yin kulgilariga yuzlanadi. Alloh taoloning zikridan yuz o‘girib, nafsini dunyoga, harom ishlarga hamda lazzatlanishga mashg‘ul qiladi. Men ruxsat berilgan rohatlanishlarni aytayotganim yo‘q, balki u harom qilingan lazzatlar bilan shug‘ullanib hayotini ana shu shaklda o‘tkazadi.
Ha, uning tili «La ilaha illalloh» kalimasini takrorlaydi. Lekin uning ushbu kalimadagi ulushi tilidagina chegaralangan bo‘ladi. Ammo uning qalbi va his-tuyg‘ulari o‘zi mashg‘ul bo‘lgan dunyosiga bog‘langan. Bu kalima uning hayotida doimiy ozuqa berib turishi kerak bo‘lgan daraxtga o‘xshab qoladi.
   Alloh taoloning huzuriga olib boradigan safar chiptasi va Alloh taoloning saodat bilan rohatlantirishi, «La ilaha illalloh»ni aytishning o‘zi ekaniga ishongan odamning oqibati nima? Uning ikki oyog‘i, balki butun vujudi o‘lim to‘shagiga cho‘zilsa va uning oldiga o‘lim farishtasi jonini olish uchun kirganida, o‘lim azobi va jon talvasasiga tushsa, uning fikridan barcha tashqi surat va yuzaki e’tiqod qilgan narsalari, shuningdek, til uchida aytib yurgan «La ilaha illalloh» kalimasi ham uchib ketadi. U buni ham unutadi. Uning xayolida faqat ichki qalbida yashirgan narsalarigina qoladi. Bu inson o‘z qalbida men sizlarga aytgan shahvatlari, havoyi istaklari, lazzat va rohatlarini hamda shunga o‘xshash narsalarni yashirgan edi. Hayoti davomida «La ilaha illalloh»ni aytib shahodat keltirgan qancha-qancha insonlarni uchratdik. Ularning biri jon talvasasiga tushganida biz e’tibor berib uning o‘z tijorati va boyliklarini chaqirayotganini, ahlini o‘zining xusumatchilariga qarshi yordamga chorlayotganini va o‘zi sevgan do‘stlari yoki ayol do‘stlarini eslayotganini ko‘rdik. U Allohning huzuriga ketarkan, o‘zi yashab o‘tkazgan e’tiqodni unutib, ana shu holatda ketdi.
Vafot etayotganingizda «La ilaha illalloh» kalimasi o‘zingiz uchun doimo hamroh bo‘lishini ta’min eting, shunda Alloh taolo ham sizni saodat bilan ta’minlaydi.
    Lekin vafot etib Allohning huzuriga ketayotganingizda, ushbu shahodat kalimasini o‘zingiz bilan hamroh bo‘lib qolishini qanday ta’min etasiz? Qachonki, siz uni Alloh buyurganidek ozuqalantirsangiz, ana shunda ta’minlay olasiz. Alloh taoloning ushbu so‘ziga e’tibor beringlar.  «Batahqiq, mo‘minlar najot topdilar». (Mu’minun, 1).
Iymonning najot topgani ana shudir. Lekin iymonga ozuqa berib turish lozim. Alloh taoloning O‘zi ozuqa turlarini sanab chiqqan.
   «Batahqiq, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarida xushu’ qiluvchilardir. Ular behuda narsalardan yuz o‘girguvchilardir. Ular zakotni ado qilguvchilardir. Ular farjlarini saqlovchilardir. Magar o‘z jufti halollari va qo‘llarida mulk bo‘lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinuvchi emaslardir. Kim ana shundan boshqani talab qilsa, bas, ana o‘shalar tajovuzkorlardir. Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir. Ular namozlarini muhofaza qiluvchilardir. Ular namozlarini muhofaza qiluvchilardir». (Mu’minun 1-10).
    Iymon bilan Alloh taolo zikr qilgan ushbu ishlar o‘rtasidagi aloqa nima?
Iymon Alloh taolo zikr qilgan daraxtdir. Qolgan boshqa ishlar esa mo‘min holingizda Allohning oldiga olib ketishingiz lozim bo‘lgan iymoningiz daraxtini parvarish qiladigan ozuqadir. Tilidan oldin dili bilan Allohni zikr qilib yashagan inson, endi sizga qo‘rquv yo‘qdir. Agar siz Allohning oldida to‘xtasangiz, sizga hujjatingizni aytishingizga Allohning o‘zi ilhom beradi va sizga ilhom bergan ushbu hujjat orqali Allohning o‘zi sizni mag‘firat qiladi.

Odiljon Sadulloev,
Buxoro shahar “Xalifa Xudoydo”
 jome’ masjidi  imom xatibi 

 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:15
Куёш: 05:58
Пешин: 13:10
Аср: 17:50
Шом: 19:30
Хуфтон: 21:05
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram