QUR’ON OYI BO‘LGAN RAMAZONI SHARIF MUBORAK BO‘LSIN!
12 май 2020 й.
1243 марта ўқилди.

 

QUR’ON OYI BO‘LGAN RAMAZONI SHARIF MUBORAK BO‘LSIN!

Oylarning sayyidi avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish, oyi bo‘lgan Ramazon Qur’on oyi barchamizga muborak bo‘lsin. Alloh taolo bizlarga Ramazon ro‘zasini farz qildi.
Alloh taolo o‘zining kitobida marhamat qilib aytadi.
"Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsalaringiz". (Baqara surasi, 183-oyat).
“As-Siyom” arab tilida “tiyilish, yemoq, ichmoqdan o‘zini tiyish” degan ma’nolarni anglatadi. Islom shariati istilohida: Ro‘za tutishga niyat qilingandan so‘ng subhdan to quyosh botgunigacha yemoq, ichmoq, jimo va ro‘zani buzadigan narsalardan tiyilish tushuniladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islom besh asos ustiga qurilgan” deb marhamat qilganlar. Hadislarda ana o‘sha asoslardan biri Ramazon oyida ro‘za tutish ekanligi ta’kidlangan. Boshqa bir hadisda kim Ramazonda iymon, e’tiqod, ixlos bilan, Allohdan savob umidida ro‘za tutsa, kechalari namozda qoim bo‘lsa, oldingi qilgan gunohlari kechiriladi deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki Ramazonda iymon va ixlos ila, savob umidida ro‘za tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi. Kimki Ramazonda iymon va ixlos ila, savob umidida kechalari (namozda) qoim bo‘lsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi. Kimki qadr kechasida iymon va ixlos ila, savob umidida qoim tursa, uning oldingi gunohlari kechiriladi”,-deb aytdilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ramazon ro‘zasi Alloh uchundir. Alloh taolo Hadisi Qudsiyda shunday deydi: "Faqat ro‘za men uchundir va unga ajrni O‘zim beraman". (Imom Buxoriy rivoyati).Ramazon bu Qur’on oyi. Uni ko‘proq o‘qish, ma’nolarini tadabbur qilish ikki dunyo saodatini beradi.
Alloh taolo Qur’oni Karimda bu haqida shunday marhamat qiladi.
"Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib Qur’on tushirilgandir" – deb marhamat qilgan. (Baqara surasi, 185-oyat).
Ro‘za va Qur’on bandaga qiyomatda shafoatchi bo‘ladi.
“Ro‘za va Qur’on bandani shafoat qiladi. Ro‘za aytadi: “Ey Robbim, men uni kunduzi taomlanish va shahvoniy ehtiyojlarini qondirishdan man qilganman, bas, uni shafoat qilishimga izn ber”. Qur’on aytadi: “Ey Robbim, men uni kechasi uxlashdan man qilganman, bas, uni shafoat qilishimga izn ber”. Ularning talabi qondiriladi va shafoat izni beriladi”. (Bayhaqiy rivoyati).
Alloh taolo Ramazon oyini barchalarimizga muborak va barakotli qilsin, ushbu oyni Qur’oni Karim xatmlari va solih amallar bilan o‘tkazishimizni barchamizga nasib aylasin. Yurtimizni tinch va farovon aylasin. Boshimizdagi bu musibat, vabolarni tez kunlarda ko‘tarilishini Allohdan so‘rab qolamiz.

Vobkent tumani “Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy” 
jome’ masjid imom-xatibi G.Ochilov
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:47
Пешин: 13:10
Аср: 16:00
Шом: 17:25
Хуфтон: 19:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram