MAZHABSIZLIK YOMON ILLAT
12 ноябр 2024 й.
85 марта ўқилди.

MAZHABSIZLIK YOMON ILLAT
Mazhab so‘zi (arabcha yo‘nalish, oqim, yo‘l) degan ma'nolarni anglatadi.
Dinimizda asosan to‘rt ta mazhab  bo‘lib ular Hanafiy, Molikiy, Shofeiy va Hanbaliy mazhablaridir bu to‘rt mazhab birgalikda ahli sunna val jamoa deb nomlanadi.
Hozirda ayrim nokas kishilar tomonidan mazhabsizlik g‘oyasi ilgarib surilib islom shariatini to‘g‘ri tushunishga xavf solmoqda. Mazhabsizlik g‘oyasi o‘tgan minglab olimlarni qilgan mehnatlarini, vaqtlarini sarflab yozgan noyob va ishonchli manbalarini yolg‘onga chiqarishdir. Asrlar davomida barcha musulmon ummati amal qilib kelgan xayrli amallarini puchga chiqarishdir.
Mazhabni inkor qiluvchilar Qur'on va sunnat turganda ularga amal qilmay, Alloh va uning rosuli aytgan amallarni bajarmasdan mazhabga ergashib bid'at amallar qilamizmi deb iddao qilishadi holbuki mazhabga ergashmaslik jiddiy ziddiyatlarga sabab bo‘ladi.
Chunki mazhabga ergashish sahobalar davridan boshlangan va Musulmon olami hozirgacha to'rt mazhabdan biriga ergashib kelmoqda.
Sahobalar davrida mazhab qanday bo‘lgan? degan savolga javoban biz aytamizki:
Sahobalar davrida "Mazhab" atamasi bo‘lmagan biroq o‘sha davr holatidan kelib chiqib ma'lum darajada mazhab shakllangan bir sahoba ijtihodiga ergashib unga amal qilish o‘sha davrdan boshlangan. "As'habu Abdulloh ibn Mas'ud", "As'habu Abu Hurayra"  degan iboralarga bugungi kunda juda ko‘p bora duch kelamiz bunday deyilishiga sabab u sahobalarning ilmiy va daliliy ijtihodlariga insonlar ergashib o‘shanday sahobalarning ilmiy bahslariga dars halqalariga jamlanib unga ergashganlar shu orqali mazhablar asta sekinlik bilan rivojlana boshlagan.
Ulamolarimiz mazhab imomlari va ular qilgan ishlarni quyidagicha izohlashadi:
Qur'on va sunnat baland cho‘qqiga chiqishni ko‘rsatib beradigan xarita va qo‘llanma bo‘lsa mazhab boshilarimiz u ikkisidan foydalanib cho‘qqiga chiqishni oson va bexatar yo‘llarini bizlarga ko‘rsatib bergan buyuk kishilardir.
So‘zimizni Alloh taoloni muqaddas kalomi bo‘lmish Qur'oni kariym oyati bilan tugatishni maqsadga muvofiq deb bildik:
فَسئلوا أهلَ الذِّكرِ إن كنتم لا تعلمون
“Agar bilmasangiz ilm ahlidan so‘ranglar” (Nahl surasi, 43-oyat) deb marhamat qilingan. Ya'ni Alloh azza va jalla bizlarga bilmagan narsalarimiz haqida ilmli kishilardan, ustozlardan so‘rab o‘rganishimizni buyuryapti
Ota bobolarimiz bejizga "Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim" deyishmagan.
Alloh barchamizga o‘zi rozi bo‘ladigan amallarni bajarishni nasib qilib, oxirgi so‘zimizni  لا إله إلا الله محمد الرسول الله  (La ilaha ilalloh Muhammadur rosululloh) deb tugatmog‘imizni nasib aylasin. Amiyn! 
Firdavs Ismoilov,
Buxoro shahar "Xo'ja Tabband" jome' masjidi imom-noibi
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 07:00
Куёш: 07:56
Пешин: 13:10
Аср: 16:25
Шом: 18:00
Хуфтон: 19:40
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram