Milliy o‘zlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida...
15 сентябр 2021 й.
638 марта ўқилди.

 
Milliy o‘zlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida...

Davlat va jamiyat hayotining ustuvor yo‘nalishlarini keng qamrab olgan hamda insonni baxtli yashashi yo‘lida erishilgan natijalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririning savollariga javobi o‘zining dolzarb va keng qamrovligi bilan ajralib turadi va tarixiy ahamiyatga molik voqea sifatida baholanadi.
Darhaqiqat, yaqinda mamlakat rahbarining “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan savollariga javobi Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning natijasi, islohotlarning xalqimiz farovonligi, barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shayotganligi, dunyo davlatlari ichida O‘zbekistonning o‘z imidjiga ega ekanligi, xalqning islohotlar va ularning pirovard natijalaridan mamnunligini his etish mumkin.
Tabiiyki, o‘z taraqqiyotini milliy va umumbashariy qadriyatlar asosiga qo‘ygan davlat va jamiyat hayotidagi tub islohotlar o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Eng avvalo, ularga xalqni qiziqtirish va ishonchini mustahkamlash, daxldorlik ruhini ko‘tarish har qachongidan muhim.  
Avvalo, shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning intervyusining nomlanishidagi o‘ziga xoslik, ya’ni “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”, deb nomlanishida ramziy ma’no bor. Bu yerda bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradigan 4 muhim jihat mujassam. Birinchidan, Davlat rahbari tarixiylik va zamonaviylik tamoyili asosida talqin etgan “Yangi O‘zbekiston” tushunchasi bu – shunchaki yangi o‘zgarayotgan jamiyat bo‘lmasdan, sifat jihatdan, amaliy ishlar natijasi orqali o‘zgarayotgan odamlar tafakkur tarzidan, o‘zligini anglashidan boshlab, jarayonlarni baholashi o‘z fikrini bildirishi faol ishtirokchisiga aylanganligida. “Yangi O‘zbekiston” “Uchinchi Renessans” bilan mushtarak, uyg‘un tushuncha sifatida qaralib, ularning asosi, poydevorini yaratish strategik maqsad sifatida qaralib, uning imkoniyati va istiqboliga urg‘u beriladi: “Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir.
Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir”.
Ikkinchi bir muhim jihati, biz tanlagan yo‘lning demokratik xarakterga ega ekanligi, unga ko‘ra demokratiya chin ma’noda xalq hokimiyati ekanligi, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi”, qonun ustuvorligi, adolat qaror topishi, jazo muqarrarligi, xalqni rozi qilib yashash, yuksak ma’naviyat va ma’rifat tamoyilini ustuvorligi nazarda tutilgan. Xususan, demokratik imkoniyatlar, demokratik saylovlar uyg‘unligida, ya’ni xalq yuksak ko‘tarinkilik ruhida, mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmasligi, saylovda o‘z tanlagan nomzodlarga ovoz berishi o‘zining Konstitutsiyaviy burchini baholi qudrat amalga oshirishidir.
Uchinchidan, mamlakatimiz haqiqatda keng imkoniyatlarga ega mamlakat. Bu bir qator ham ob’ektiv va ham sub’ektiv jihatlarni qamrab oladi. Allohga shukrlar bo‘lsinkim, tabiat bizga ato etgan toza suv, serunum tuproq, to‘rt faslga ega bo‘lgan serquyosh o‘lkada jonajon O‘zbekistonimizni joylashganiligi. To‘g‘ri, dengizga chiqish imkoniyatimiz bo‘lmasa-da, biroq bir yilda 3 marta hosil olish imkoniyatiga egamiz. Adashib bir urug‘ yerga tushsa, hosil beradigan yurt, bilmasdan bir tayoqni suqsangiz, u ko‘karib ketadi. Shuning barobarida, xalqimizning bunyodkorlikka, berilgan tabiiy ne’matdan risoladagidek foydalana bilishida, yer bilan “tillasha” olishidadir.
Bu haqda taniqli qozoq adibi Abay Qo‘nanboyev o‘zbek xalqining xarakterli xususiyatiga baho berib, haq gapni aytgan: “O‘zbek xalqini qo‘liga bir cho‘p bersangiz, u undan yerga suqib yaxshi hosil oladi, yo bo‘lmasa yaxshi bir uy jihozi yasaydi, bu xalq ana shunday bunyodkor”, deb bejiz aytmagan. Muhimi, Prezidentimiz tomonidan aholiga, xususan, yoshlarga berilayotgan imkoniyatini alohida ta’kidlash lozim. Bu boradagi sa’y-harakatlarni Prezidentimiz bir gap bilan shunday izohlaydi: “Yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng ko‘lamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga qichmoqda”. Yana bir muhim jihati, Harakatlar strategiyasi doirasida 10 000 ga yaqin yoshlarga o‘z bizneslarini boshlash uchun kreditlar berilayotganligi, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sportchi yoshlar uchun jahon talablari asosida qurilayotgan inshoootlar, eng yaxshi kitobxonga Prezident sovg‘asi – “Spark” mashinasining sovg‘a qilinishi, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratilishi va bularning adog‘i ko‘rinmaydi.
To‘rtinchidan, haqiqatda mamlakatimiz bugungi kunda katta o‘zgarishlar, asrlarga teng bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, har bir viloyat, har bir tuman keng amaliy ishlarga aylangan. Bunday o‘zgarishlarni, bunyodkorlik ishlarini xalqimiz hozirda keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda, 4 oy ichida kishi tanimas qiyofa kasb etgan Sardoba tumanidagi o‘zgarishlar, yangi qiyofa va zamonaviy loyihadagi uy-joylar, inshootlar, agar u yerga borsa, o‘zini boshqa yurtda tushib qolgandek his etadigan uzoq tumanlarimiz, xususan, Mo‘ynoq tumanidagi o‘zgarishlar, yirik dastur asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, haqiqiy yoshlar tashabbusi bilan katta qurilish maydoniga aylangan Orol bo‘yi mintaqasi va qolaversa, ko‘plab asrlarga teng ishlar amalga oshirildi. Tabiiyki, ko‘lami jihatdan katta dasturiy vazifalarni qamrab olgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini berayotganligi, shuningdek, birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. Darhaqiqat, har bir narsani o‘z nomi bilan aytganda, bugungi erkin va farovon hayotni pirovard natijasi sifatida aniq faktlarda inson qadr-qimmati va buyuk qadriyatini ko‘rsatadigan mezon sifatida tan olish lozim. Zero, bu jarayon milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur intervyuda Murojaatnomada keltirilgan bir qator tarixiy ahamiyatga daxldor bo‘lgan vazifalarga ham urg‘u berildi. Bir so‘z bilan aytganda, Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonning bugungi o‘zgarishlari, keng imkoniyatlari va mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi, avvalo, “odamlarni tushunish, ularning quvonchu tashvishlari bilan yashash, yon-atrofdagi vaziyatga oddiy xalqning ko‘zi bilan qarash va baho berish, el-ulusdan ajralib qolmaslik” bilan bog‘liq qat’iy talabdan kelib chiqishini ta’kidlab o‘tadilar.
 
Vahob Qo‘chqorov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, 
siyosiy fanlar doktori.  
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:15
Куёш: 06:00
Пешин: 13:10
Аср: 17:50
Шом: 19:30
Хуфтон: 21:05
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram