Muqaddas dargor bu - VATANdir.
19 ноябр 2018 й.
2044 марта ўқилди.
Muqaddas dargor bu - VATANdir.
Musulmonlarning Vatanni sevishlari Payg'ambarimiz (s a v) Makka atroflarida Makkaga xitob qilardilar. Uni tog'lari va vodiylariga xitob qilardilar. Ko'chalari va binolariga xitob qilardilar. Mahzunlik qalblarini ezib, ko'zlari yoshga to'lib, shunday xitob qilardilar:
"Qanday ham yaxshi shaharsan! Qanday ham menga sevimlisan! Agar qavming meni sendan quvmaganida sendan boshqa joyda yashamas edim!" (Imom Termiziy).
“Vatan” atamasiga ulug'lar, donolar turli sifatlar berishgan. Ulardan a'loroq tarzda sifatlamoqni davo qilmagan holda ozgina fikr yuritmoqqa harakat qilamiz.
“Vatan - odamning kindik qoni to'kilgan yerdir”, degan ta'rifga e'tiroz bildirmasak-da, aytmoqchimizki, bu shartli bir tushunchadir. Agar tug'ilgan joy to'la ma'noda Vatan bo'lganida edi, biz tomonlarda tug'ilib o'sgan boshqa millatning vakillari ota-bobolari yurtlariga ko'chishmas edi. Xorijda tug'ilgan o'zbeklar esa “Vatan!” deya O'zbekistonga intilmas edilar. Demak, Vatan eng avvalo ota- bobolarining pokiza xoklari ila sharaflangan joydir. “Vatan ostonadan boshlanadi”, degan ta'rifga ham bir oz tahrir kiritmoqqa ehtiyoj sezamiz: Vatan har bir kishining qalbida Vatanning jajji qiyofasi yashaydi. Vatan - biz nafas olayotgan havodir. Vatanning bir zarrasi ekanini anglamoq kishi uchun iftixor va sharafdir. Vatanga muhabbatni jamlay olgan yurak faqat Odam bolasiga xosdir. Alloh Taolo o'zining kalomida shunday deydiki: “Men odam bolalarini aziz va mukarram qilib yaratdim”. Bu aziz va mukarramlikni “Vatanni sevmоq, Vatanni qadrlamoq va ravnaqi hamda shonu sharafi uchun xizmat etmoq”, degan fazilatlarda ko'ramiz. Vatan bilan o'zini bir butunlikda deb his etgan, vijdoni pokiza odamda Vatan foydasi, taraqqiyoti uchun mehnat qilish ishtiyoqidan boshqa narsa bo'lmasligi kerak.”Yillarning yig'ini umr sanalmas, Vatanga naf tekkan kuning umrdir”, degan maqol bekorga aytilmagan. Donolar Vatan yuksalishi yo'lidagi xizmati bilan shuxrat topishini “ikkinchi umr”, deganlar. Kishi o'zini Vatanga qanchalar yaqin his etsa, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qiladi.
Peshku tuman “Halim Polvon” masjidi
imom hatibi Hamroyev Rustam
«орқага