MUSIBATDA MO'MIN AXLOQI
24 март 2020 й.
1113 марта ўқилди.


MUSIBATDA MO'MIN AXLOQI

Bugungi kunda butun dunyoni xavotirga solayotgan vabo hech kimni e’tiborsiz qoldirgani yo’q. Bunisi avval tarqagan parranda yoki cho‘chqa grippi kabi emas. Ish jiddiy. Bunday holatda har bir inson vahimaga tushishi tabiiy hol. Axir ko‘z o‘ngimizda bu vabo tufayli qanchadan qancha insonlar og‘ir ahvolga tushishmoqda. Lekin, bu vaziyatda dinimiz bizlarga qanday ko‘rsatmalar berganini bilib olishimiz darkor. Toki ortiqcha vasvasa-yu vahimalar tufayli yana bir qancha xatolarga yo‘l qo‘ymaylik.
Bunday vaziyatda musulmon kishi, avvalo, Alloh taoloning qadariga rozi bo‘lishni amalda ko‘rsatib, sabab va tavakkulni tutmog‘i lozim bo‘ladi.
Sababni ushlash. Ya’ni zohirda ehtiyot chorasini ko’radi. Niqob taqib yuradi, shifokor ko’rigidan o’tadi, agar virus alomatlari ko’rinsa yashirmaydi va karantinga rozi bo’ladi. Bu borada soha mutaxassislari tavsiyalari hamda Hukumat qarorlariga jiddiy e’tibor beradi. Zero, Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: “Zarar berish ham, zararlanish ham yo’q”- deb marhamat qilganlar.
Tavakkul qilish. Ya’ni, botinida ishlarning tadbirini qilmaydi, endi nima bo’lar ekan deb ich-etini yemaydi. Taqdirda Alloh nima yozgan bo’lsa unga rozi bo’ladi. Har bir ish Allohning ilmida ekaniga iymon keltirib, unga tavakkul qiladi. Xotiri jam bo’ladi, sarosimaga tushmaydi hamda vahima qo’zg’amaydi. Allohga iymoni uni har qanday qiyin vaziyatda o’zini munosib tutishga undaydi.
Demak, musulmon kishi bosiqlik bilan ish ko’radi, tavakkul va taqdirga rozi bo’lishni oziq tishlari bilan mahkam tishlaydi. Shu bilan birga, baholiqudrat ehtiyot choralarini ko’radi va sabablarni mukammal ado qilishga intiladi

MANSUR JAMBILOV 
Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:45
Куёш: 07:45
Пешин: 13:10
Аср: 16:40
Шом: 18:20
Хуфтон: 19:55
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram