Tinchlik – eng katta ne’mat
23 январ 2025 й.
107 марта ўқилди.

Tinchlik – eng katta ne’mat

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh azizlar Alloh taolo muborak kalomida aytadi: "Va ammo Robbingning bergan ne‘mati haqida so‘zla" (Zuho surasi, 11-oyat) 
وَاَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ
Aslida inson har qanday holatda Allohning ne‘matlari ichida bo‘ladi. Bu ne‘matlarining eng ulug‘laridan biri tinchlik ne‘matidir. Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. "Ikki aziz ne‘mat borki, ko‘plar uning qadriga yetmaydi, ular salomatlik va tinchlik-xotirjamlikdir" ( Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyati).
Shunday tuyg‘u borki insonlar undan qochadi, uning buyuk ne‘mat ekanligini anglamaydi.  Uni tuyg‘u yoki dard desak ham bo‘ladi.  U shunday dardki chuqur tafakkur va teran nazardan hosil bo‘lgan, u o‘tmishga nazar solib kelajakdan xavotir olishlikdan kelib chiqqan darddir. U shunday tuyg‘uki,  U kirgan qalb o'z manfaatini unutadi, o‘z millati, xalqi saodati uchun o‘zidan voz kechadi. Aslida bunday qalb sohiblari payg'ambarlar hisoblanadi. Demak azizlar shuni bilingki kimki xalqini tinchligi va kelajak avlodlaridan dunyoda buyuk shaxslar chiqishligi uchun yonib o‘z manfaatidan kechib harakatlangan insonlar inshaalloh jannatda payg‘ambarimiz bilan birga jannatda kiruvchilardan bo‘ladi.
Tinchlik – eng katta ne’mat. Uning qadriga yetish, asrab avaylash har bir musulmon kishining zimmasidagi burch bo‘lish bilan birga, payg‘ambarlarning sunnatidir. Har bir inson yashashi, Allohga xotirjam ibodat qilishi, ishlashi uchun tinchlik kerak. Rivoyatlarga ko‘ra, Xarim Naimdan Hajjoj ibn Yusuf so‘radi:-“Ne’mat nima?” U “Tinchlik, chunki men xavfsiragan kishining xayotidan manfaatlanganini ko‘rmadim”, deb javob bergan ekan. Tinchligini yo‘qotgan yurt yulduzsiz osmon kabi zimiston. Qanchalar unumdor yerlari, dov-daraxtlari, bog‘-rog‘lari bo‘lmasin ularning hech biridan manfaat ololmaydi. Ko‘ngil xotirjamligining eng asosiy sharti Yaratganga imon keltirishdir. Tarixda tinchlikni buzilishiga aksar xollarda jamiyatni diyonatdan uzoqlashgani, Ma’naviyatga e’tiborsizligi sabab bo‘lgani kuzatiladi. Shunga ko‘ra, tinchlikni saqlash maqsadida, bugun, barchalarimiz jipslashib, yosh avlodni yuksak manaviyatli, dinu-diyonatli, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalab borishimiz zarur. Shu ma’noda xalqimiz dinimiz aqidasiga sidqidildan amal qilib kelayotgani tufayli, Alloh taoloni ne’mati bo‘lmish yurtimizda xukm surayotgan xotirjamlik, osoyishtalikni ko‘ramiz. Ana shu tufayligina jinoyatlarning oldi olinadi, osudalik hukm suradi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan yana biri – to‘g‘ri tafakkur. Zero, to‘g‘ri fikrlash barchani har xil buzuq e’tiqodlardan, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida fahsh, yomon illatlar, begona yot g‘oyalar tarqalishini oldini oladi. Xotirjamlikning davomiyligini ta’minlaydigan omillardan yana biri – shukr. Zero, Qur’on karimda ham shukr qilganlarga ne’matlarini yanaham ko‘paytirib berishi to‘g‘risida oyatlar mavjud. Aks holda noshukrlik notinchlikka sabab bo‘lishi mumkinligi ham oyatlarda o‘z aksini topgan. Insonlarning birligi, ma’rifat hosil qilishi, hayot farovonligi, rizqning mo‘l – ko‘l bo‘lishi, jamiyatda birdamlikni mustahkamlanishi, qo‘ni-qo‘shni va qavm-qarindoshlarning holidan habar olib turish, silai rahm qilish, xotirjam ibodatda bo‘lish, yer yuzida Alloh taoloni rozi qiladigan hayot kechira olish uchun ham tinchlik lozim.
Odiljon Sadulloev, 
Buxoro shahar “Xalifa Xudoydod”jome’ masjidi imom-xatibi 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:45
Куёш: 07:40
Пешин: 13:10
Аср: 16:40
Шом: 18:20
Хуфтон: 19:55
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram