OLTIN ASRDA YETISHIB CHIQQAN MUHADDIS ABU ISO TERMIZIY
06 декабр 2024 й.
187 марта ўқилди.
OLTIN ASRDA YETISHIB CHIQQAN MUHADDIS ABU ISO TERMIZIY
Mir Arab oliy madrasasi “Diniy fanlar va tillar kafedrasi” o’qituvchisi
Buxoro Davlat unversiteti mustaqil tadqiqotchisi
Temirov Ibrohimjon
Annotatsiya: Maqolada Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan Mahmud Ali Kardariyning “Nahj ul-farodis” asari, uning o‘rganilishi tarixi, XIV asrning noyob turkiy adabiy manbasi ekanligi xususida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Mahmud Ali Kardariy. “Nahj ul-farodis”, Janos Eckmann, Semih Tezjan, Hamza Fulfiqor, Qur'on oyatlari, hadislar
Oltin asr
Hijriy III asr umum islom ilmlari, xususan, nabaviy sunnati ilmlarining gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Bu davrda ilm talabida safar qilish va hadis roviylarini oʻrganish ilmi faollashib, hadislarni yozib borish yanada kengaydi. Ummat suyangan va islom manbalari deb eʼtibor berilgan “musnad”, olti sahih kitoblar turkumiga kiruvchi “sihoh” va “sunan” asarlari yuzaga keldi.
Bu asrda hadis ilmi, jarh va taʼdil (roviylarning ishonchli va ishonchsizligini oʻrganuvchi ilm) asoschilari boʻlgan Ahmad ibn Hanbal, Isʼhoq ibn Rohavayh, Ali ibn Madaniy, Yahyo ibn Main, Muhammad ibn Muslim ibn Vora, Imom Dorimiy, Usmon ibn Said Dorimiy, Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Abu Zurʼa, Abu Hotim Roziyon kabi koʻplab hadis hofizlari va daho allomalar yetishib chiqqan.
Shuningdek, allomalarning kitoblarida bidʼatchi va havoi nafs yoʻlida oʻzini olim hisoblaganlarning pardalarini yirtish, sirlarini ochish, odamlarni ulardan ogoh etish va ularning xatarini ummatga bayon qilish uchun raddiya yoʻlini tutgan.
III/IX asr - hadis ilmining “oltin asri”ga aylandi. Hadislarning “musnad”, “jome’” va “sunan” shaklidagi katta hadis toʻplamlari, o‘zida koʻplab hadislarni jamlagan tarixiy-biografik uslubdagi, shuningdek, fiqhiy, aqidaviy hadislarni o‘zida mujassam etgan alohida asarlar ham yaratila boshlandi. Hadis toʻplamlarini tuzish bo‘yicha yangi bir uslub-uch roviyli (sulosiyyot) hadislarni alohida toʻplam qilishga asos solindi. Movarounnahrlik muhaddislardan Imom Buxoriy va Imom Termiziylar islom olamida e’tirof etilgan “olti sahih” hadis toʻplamlari mualliflari boʻldilar. Imom Dorimiyning “Sunan” asari oʻzining qiymati jihatidan ulardan kam bo‘lmagan. Ushbu asar II/VIII asrning ikkinchi yarmi-III/IX asrning boshlaridagi diniy-siyosiy muhit va huquqiy holatning talabi sifatida yuzaga keldi. U islom dunyosida turli firqalarning mafkuraviy kurashlari avj olishi natijasida tarqalgan soxta hadislardan sahihlarini ajratib berish maqsadida tuzildi. Hijriy uchinchi asrda quyidagi muhaddislar faoliyat koʻrsatdilar:
a) musnad uslubida:
1. Said ibn Mansur Marvaziy (vaf. 842 y.).
2. Abu Bakr ibn Abdulloh ibn Abu Shayba (vaf. 850 y.).
3. Abu Bakr Ahmad ibn Amr Bazzor (vaf. 844 y.).
4. Abu Abdurahmon Baqiy ibn Maxlad Andalusiy (vaf. 889 y.).
5. Abu Said Usmon ibn Said Dorimiy (vaf. 893 y.).
6. Abu Muhammad Abd ibn Humayd ibn Nasr Keshshiy (vaf. 863 y.).
7. Abu Muhammad Horis ibn Muhammad ibn Abu Usoma Tamimiy
(vaf. 895 y.).
8. Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal Shayboniy (vaf. 855 y.).
b) sahih uslubida:
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (vaf. 870 y.).
2. Muslim ibn Hajjoj Qushayriy (vaf. 875 y.).
v) sunan uslubida:
1. Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as Sijistoniy (vaf. 888 y.).
2. Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy (vaf. 892 y.).
3. Abu Abdurahmon Ahmad ibn Shu'ayb Nasoiy (vaf. 916 y.).
4. Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja Qazviniy (vaf. 886y.).
Mazkur to‘plamlar orasida “Sahih” va “Sunan” kitoblari alohida ahamiyatga ega . Imom Abu Iso Muhammad Termiziy islom olamida ma’lum va mashhur olim. U hadis ilmiga oid qimmatli asarlar bilan yurtimiz davrug‘ini dunyoga tarqalishiga salmoqli hissa qo‘shgan. Olimning ilmiy merosi haqida olim-u ulamolarimiz ko‘plab asarlar yaratgan. Imom Termiziyning boy va serqirra ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish barcha davrlarda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Davlat rahbarining ushbu so‘zlari ham hozirgi kunda yana ham izlanishga chorlaydi. “Tarixiy me’rosni asrab avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlarsh har birimizning sharafli burchimizdir. Islom – haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi” .
Ibn al-Asir “Jome’ al usul” kitoblarida Imom Termiziyning to‘liq ismini Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zohhak al-Bug‘iy as-Sulamiy at-Termiziy deb keltiradi. “Abu Iso” degan kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Termiziy deyilishining sababi Movarounnahrdagi ma’lum va mashhur shaharga nisbatan aytiladi. Bug‘iy deyilishining sababi o‘zi tug‘ilgan Termiz qishloqlaridan biriga nisbatan aytiladi.
Tug‘ilishi va vafoti: hijriy 209/824-yili tug‘ilgan va 279/892-yilda dushanba kuni, Rajab oyining 13-kuni Termizda vafot etgan. Ba’zilar ismlaridan keyin “zarir” deb ham qo‘shib qo‘yadi. Zarir degani ko‘zi ojiz degan ma’noni anglatadi. Chunki umrlarining oxirida ko‘zlari ko‘rmay qolgan .
Ulamolarning maqtovlari: Imom Hokim: “Men Umar ibn Allakdan eshitdim. Imom Buxoriy vafot etdi. Endi Xurosonda ilmda, hifzda, taqvoda va zuhdda Abu Isoga o‘xshashi qolmadi, Juda ko‘p yig‘laganidan ko‘zlari ojiz bo‘lib qoldi”.
Samoniy, “Imom Termiziy hech qanday raqobatsiz zamonasining imomi edi. Zehn o‘tkirligida, yodlash qobiliyati kuchliligida zarbul masal edi” – deydi.
Imom Buxoriy ustozi bo‘lsalar ham u kishiga qarata: “Sen mendan foyda olganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq foyda oldim”– degan.
Abul Fido “al-Muxtasar” kitobida: “Imom, Hofiz, ko‘zi ojiz, hadis ilmida ergashilinadigan, mashhur hadis olimlaridan edi”.
Abu Said Idrisiy r.a. aytadi: “Muhammad ibn Iso ibn Savra Termiziy, Hofiz, Zarir (ko‘zi ojiz) Hadis ilmida barcha iqtido qiladigan buyuk imomlardan biridir. U “Al jome”, “Tavorix” va “Ilal” kabi asarlar yozgan yetuk olim bo‘lib, uning hadis yod olishi el orasida zarbulmasal bo‘lgandir”.
Ibn Hibbon (vaf. 965 y.) aytadi: “U hadislarni to‘plab, asar yozib, ularni yod olib, muhokama qilgan kishilardandir”.
Abu Ya’lo Xalil ibn Abdulloh Xaliliy Qazviniy r.a. (vaf. 1054 y.) bunday deydi: “Muhammad ibn Iso ibn Savra ishonchli roviy bo‘lib, u “as-Sunan” nomli hadis asarini yozgan va unda jarh va ta’dil (hadis roviylarning adolatli va adolatsizligi )ni aytib o‘tgan. Imom Termiziy r.a.dan Marvlik Abu Mahbub va Ajlo kabi roviylar hadis rivoyat qilganlar. Imom Termiziy o‘zining omonatdor va yuksak bilim sohibi ekani bilan mashhur bo‘lgan”.
Isardiy aytadi: “Abu Iso yuksak axloqiy fazilatlar sohibi edi.Uning asari esa, besh ishonchli hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, olimlar, faqihlar, zabardast hadis hofizlaridan iborat munaqqidlar, fazilat sohiblari “Sunan”ni sahihlariga ittifoq qilganlar”.
Shamsiddin Zahabiy (1274 -1347) aytadi: “Imom Termiziy bu ish ( hadis ilmi)ning imomlaridan bo'lgan”. U yana shunday deydi: “Imom Termiziy hadis ilmida o‘z davrining peshqadam olimlaridan edi. U “Al-Jome’” asarining sohibi bo‘lib, buyuk hofiz, ishonchli roviylardandir”.
Olimning bu darajaga yetishishlariga III asr, hadis ilmi cho‘qqiga chiqqan asrda yashagani sabab bo‘lgan. Chunki bu asr sunnatni tadvin bo‘lishi bilan boshlandi. Hadis istilohlari belgilandi, sahih va boshqalarga ajratildi. Bunga dalil Imom Buxoriyning shayxi Aliy ibn Madiniyning qo‘lida hadislar sahih, hasan va zaifga bo‘linishi yaqqol ko‘ringan. Bu vaqtdan oldinroq esa istilohlar ommalashmagan edi. Chunki, u kishi eng ko‘p hadislarga sahih va hasan sifatlarini bergan olimdir .
Foydalanilgan adabiyotlar
Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko`taramiz. – T.: “O`zbekiston”, 2017. – B. 29.
J. Cho‘tmatov. Imom Abu Iso Termiziy hayoti va ijodi sahifalari.– Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa birlashmasi, 2019. – B. 3.
D. Rahimjonov., D. Muratov. Hadisshunoslik ( o‘quv qo‘llanma) Toshkent: TIU nashriyot – matbaa birlashmasi, 2013. – B. 88.
Habiburrohman al-Xoyrobodiy. Al-Miskush shaziy sharhu Jome’ at-Termiziy. – Devband: Maktabat al- Ashrafiyya, 2017. – B. 31
Nuriddin Itr. Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynas sahihayn. – Qohira: Lajnat at-ta’lif vat tarjima van nashr, 1970. – B.20.
Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar. – Toshkent: Movarounnahr, 2017 – 429 b.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy. Sunan at-Termiziy. 6 juz. – Bayrut: Dor al-G‘arb al-islomiy, 2008.
«орқага