Ona buyuk zot
08 март 2016 й.
211723 марта ўқилди.

 Ona buyuk zot

Har  bir oilaning  tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo’lishi, farzandlarining sog’lom va barkamol  bo’lishi, oilada sog`lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi  har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas`ulyatli va  va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini  mag’rur ko’tarib, hayot qiyinchiliklariga o`zida kuch topib, atrofdagilariga  madadkor  inson bu – ayol, ya`ni mo’tabar ona.
 
Ayol! Bu so’z zamirida  olam-olam   ma`no mujassam. Uni qanchalar  ta`rif qilsang, shunchalar qalbing  yayraydi. Ne-ne shoirlar  madhini kuylab  she`rlar yozgan. Buyuk allomalar qalbidagi eng javohir  so’zlar bilan uning ta`rifini keltiriladi. Bu dunyo go’zalligini hayot falsafasini va ma`no ma`rifatini avvalambor ayol siymosining uning fidoi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz, his etamiz.
 
Ayol! Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun  kechalari  bedor o’tkazgan, farzand kamoli uchun yelib yugurgan, oilasining tinch yashashi uchun  har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.
 
Ayol! Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot. Katta-yu kichikka  doimo birday yordam bera oladigan, doimo to`g’ri yo’l ko`rsata oladigan murabbiy. Oilada hammani ko’ngliga yo`l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan  farzandlarni  kamolga yetkazayotgan  volida, aziz insonni  qo’llab quvatlaydigan  sevimli rafiqa. O’zi ona bo’lsada, bir daqiqa ham  farzand ekanligini unutmay  doimo ota ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundadur balki shuning uchun ham barchamiz unung oldida doimo ta`zimdadirmiz… Zero, ona, ayol  dunyoning ustunidir.    
 
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdiku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o’lishi mumkin.
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering saodat bering,
Gar ko’zlari kulib tursada
Bo’g’zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursada
Ko’nglini ko’taring hech bo’lmaganda
Qo’lini silashda sharofat toting
Yig’lab turganida hech bo’lmaganda
Yoshini artishga muruvvat bo’ling
Nogoh yerga tushsa oppoq ro’moli
Bosib o’tmaslikka shafoat toping.  
  Zulfiya Mo’minova.
 
Ayol   haqida she’r yozmagan, ashula kuylamagan qo’shiqchi bo’lmasa kerak. Boisi, ayol  eng avvalo ona. Ona jamiyat uchun, Vatan uchun barkamol farzandlarni tarbiyalab beradi. Farzandni chin dildan duo qiladigan, baxt-u saodatini so’raydigan, bolasini barcha tashlab ketsa hamki, uni ham yomon, ham yaxshi kunida qo’llab-quvvatlaydigan inson bu – farishta sifat onajonlarimizdir. Onajonlarimiz faraznd uchun kerak bo’lsa o’z umrini ham bag’shida etadi. Shoir Ibrohim Davron she’rida ham xuddi shunday ma’nolar aks etgan.
 
Olis bir qishloqda bir mushtipar onaizor yashar ekan.  Barcha qatori urush degan balo uning ham ko’ngliga ayriliq va ozor yetkazgan ekan. Onaning hovlisi o’rtasida kattakon bir daraxt bo’lib, bu daraxt uning yakka-yu, yagona o’g’lidan meros bo’lib qolgan ekan. O’g’il urushga ketmasdan oldin bu daraxtni qurib, unga ayricha mehr qo’ygan ekan. Bahor boshlangandan to kech kuzga qadar, ona bu daraxt soyasida o’tirib jigarporasini yo’qlab turar ekan. Bu daraxtni u  o’z  o’glidek bilib, unga suyanar, dardlarini unga to’kib sochar ekan.  Va har gal daraxt bilan sirlashayotganida qalbidan “Bu daraxtning  mevasi o’g’limning yuziga, shitirlashi esa, yolg’izimning so’zlariga qiyos” deya ko’nglidan o’tkazar ekan. Qishu-yoz onaizor xuddi farzandini tarbiyalagandek, daraxtni parvarish qilar ekan. Bu holatni ko’rib, Allohdan ilohim bu daraxtni ayozlardan saqlagin deb aytgimiz keladi. 
 
Haqiqatan ham, ona bu buyuk  zot. Men ularni yerdagi farishtalarga qiyoslashim keladi.
Prezidentimiz Islom Karimov  Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek, “Ayollarga sharqona ehtirom ko’rsatish – biz uchun ota-bobolarimizdan qolgan ibratli meros bo’lib, biz bunday an’analarga sodiq bo’lib yashaymiz. Biz  mustaqillikka erishganimizdan so’ng, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o’zimiz uchun eng muhim, ustivor vazifa sifatida belgilab oldik. Bu borada zarur huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish, millat genofondini yaxshilash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida qanday ulkan ishlar amalga oshirganimiz barchamizga yaxshi ma’lum, albatta”.
Muhtaram yurtboshimizning joriy yilni “Sog’lom ona va bola yili” deya e’tirof etishlari   ham ayollarimizga, ham yurt poydevori sanalmish yoshlarga qanday e’tibor berilayotganidan darak.  Zero, Vatanning gullab yashnashi avvalo farzand tarbiyachisi bo’lmish onalarimiz zimmasidadir. 
 
Hozirda ayollarimiz nafaqat uy bekasi, balki, jamiyatda o’z o’rniga ega pedagog, shifokor, rahbar, deputat, olima, shoira hamdirlar.  Bu esa  barchamizning baxtimizdir. 
 
 
Peshku tumani 
“Malshoyak “ jome` masjidi imom xatibi
Rahmonov Sherali
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:45
Куёш: 05:35
Пешин: 13:10
Аср: 18:25
Шом: 20:10
Хуфтон: 21:40
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram