Ota-ona baxtimiz quvonchi.
26 ноябр 2018 й.
2646 марта ўқилди.
Ota-ona baxtimiz quvonchi.
"Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik.Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) kôtarib yurdi. Uni (kõkrakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki) "Sen Menga va ota-onagga shukr qilgin! Qaytish Mening huzurmgadir".
(Luqmon,14)
Ota-ona oldida sekin, past ovozda, odob bilan sõzlash kerak. Zaruratdan ortiqcha gap aytilmaydi. Ularning ismlarini aytib chaqirish mumkin emas. Qõpollik bilan kõngillarini oğritish, nazarlaridan qolish katta gunohlardan sanaladi. Kõcha-kõyda ota-onadan ilgari yurish, ovqatga ulardan oldin qõl uzatish, oldilarida yonboshlab olish odobsizlikdir.
Demak, ota-ona qarilik yoshiga yetganida ularga yanada shafqatli bõlish zarur. Keksalarning kõngli xuddi bolanikiday bõlib qoladi. Bunday holatlarda imkon boricha ularning kõnglini oğritmasdan hohishlarini bajarish, pand-nasihat qilishsa, aslo malol olmaslik kerak.
Qaysi xonadonda ota-ona yoki ulardan biri tirik bõlsa, õsha oiladagi farzandlar baxtlidir. Chunki ularda kõproq savobga erishib qolish imkoniyati bor. Ota-onani tirikligiga qadriga yetib, izzat-hurmatini joyiga qõyganga nima yetsin.
Umuman, keksalarimiz borligi bizning katta davlatimiz. Ular gõyo uylarimizning farishtalari. Kõpni kõrgan buva-buvilar yosh oilalar uchun ibrat maktabi. Ular nabiralarining ta'lim-tarbiyasini, obod-ahloqini nazorat qilib, hayotiy tajribalari asosida tõğri yõl kõrsatadi.
Ota-ona vafot etganidan keyin ham ularning farzandlar ustidagi haqlari tugamaydi. Vasiyatlarini ado etish, haqlariga doim duoda bõlish farzandlar burchidir. Ularning qarindoshlik aloqalarini davom ettirish, tanigan-bilgan tengkõrlarini yõqlash, mehmonga chaqirish nur ustiga nur bõladi.
Rasululloh (s.a.v) huzurlariga bir kishi kelib:"Yo Rasululloh vafotlaridan keyin ham ota-onamga yaxshilik qila olamanki?"deb sõradi. U zot (s.a.v): "Ha, tõrt ish bor, ularni bajarsang, ota-onangga yaxshilik qilgan bõlasan: ular haqqiga duo qilish, gunohlarini kechishini allohdan sõrash, ularning nasihat va shar'iy vasiyatlarini bajarish, dõst-birodarlarini izzat-ikrom qilish va ota-ona tarafidan bõladigan qarindoshlikni davom ettirish", deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Пешку туман “Халим Полвон”
масжиди имом хатиби
Хамраев Рустам
«орқага