Poklikning fazilati haqida.
01 апрел 2021 й.
967 марта ўқилди.

 
Poklikning fazilati haqida.

Islom dinida poklik iymondan hisoblanadi. Islom poklik va poklanish ishlariga juda qattiq e’tibor beradi. Qolaversa, ibodatlarning qabul bo’lishi uchun insonning butun tanasi, kiyim boshi va hattoki ibodat joyi ham pok bo’lishligi kerak. Pok bo’lganda ham kattayu kichik, ko’zga ko’rinadigan va ko’rinmaydigan barcha nopokliklardan pok bo’lishligi shart.
Alloh taolo: “Unda poklanishni yaxshi ko’radigan kishilar bor. Alloh poklanuvchilarni yaxshi ko’radi”, degan. (Tavba surasi, 108-oyat).
Ushbu oyati karimada Alloh taolo poklikni va pok kishilarni maqtamoqda. Hamda pok kishilarni yaxshi ko’rishini xabarini bermoqda.
Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim tahorat olsayu tahoratini chiroyli qilsa, uning xatolari jasadidan, hattoki tirnoqlari ostidan ham chiqib ketadi”, - dedilar. (Imom Muslim rivoyati).
Bu hadisu shariflarida Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tahoratning fazilati qanchalik yuqori darajada ekanligini aytib o’tmoqdalar. Agar inson tahoratni yaxshlilab olsa, hatto tirnoqlari ostidagi gunohlari ham to’kilishi aytib o’tilmoqda. Shuning uchun shoshma-shosharlik bilan, har xil gap so’zlar va ishlarni aralashtirmasdan, farz, sunnat va odoblarini o’z joyiga qo’yib, tahoratni mukammal ado etish kerak. Ana shundagina tahorat haqiqiy bo’ladi va undan ko’zlangan natijalarga erishiladi.
Alloh taolo barchalarimizni hadisu sharifda zikr qilingan ajru savoblarga muyassar aylasin.

Kogon tumani Xo’ja Ka’bul Axbor Vali jome’ masjid

imom - xatibi Odilov Haydar. 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:35
Куёш: 07:15
Пешин: 13:10
Аср: 16:10
Шом: 17:45
Хуфтон: 19:25
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram