SAXIY BOY VA SABRLI KAMBAG'ALNING FAZILATI
11 ноябр 2021 й.
916 марта ўқилди.

 
SAXIY BOY VA SABRLI KAMBAG'ALNING FAZILATI

Alloh  karami keng saxovati cheksiz zotdir. U óz xazinasidan bandalariga har qancha in'om qilsa ham, undan hech narsa kamayib qolmaydi. Robbimiz biz bandalarini saxovatli bólishga buyuradi. Alloh muhsin bandalarni sevishini bayon etib, Oli Imron surasining 134-oyatida: "Ular (taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr sadaqa qiladigan, ģazablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) kechiradiganlardir. Alloh,  ezgulik qiluvchilarni sevar", - deb marhamat qilgan.
Oysha onamiz roziyallohu anhu Payg’ambarimiz  sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Saxiylik daraxtdir, uning ildizi jannatda va shoxlari dunyoga tushgan, kim uning shoxlaridan birini ushlasa, jannatga yetkazadi. Baxillik ham bir daraxtdir, ildizi do’zaxda va shoxlari dunyoga tushgan, kim uning shoxini ushlasa, do’zaxga eltadi”.                                           
Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) Anas ibn Molikdan (Alloh u zotdan rozi bo’lsin) rivoyat qiladilar: “Faqirlar Payg’ambarga (u kishiga Allohdan salovot va salomlar yog’ilsin) o’zlaridan elchi yuborishdi. U kishi kelib: “Yo Rasulalloh, men kambag’allarning elchisiman”, - dedi. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamdan: “Senga va seni yuborganlarga marhabo”, - dedilar. Elchi: “Ey Allohning rasuli! Kambag’allar, boylar hamma yaxshiliklarni olib ketdi, ular haj qilishadi, bizning qudratimiz yetmaydi, sadaqalar qilishadi, biz unga ham qodir emasmiz, kasal bo’lsalar, mollarining ortiqchasini ehson qilib yuborishadi, deb aytishyapti”, - dedi. Shunda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamdan: “Ularga yetkazginki, kim sabr va qanoat qilsa, unga boylarda bo’lmagan uch fazl beriladi. Birinchisi: jannatda qizil yoqutdan bir uy borki, ahli jannatlar unga dunyo ahli yulduzlarga qaragandek qarashadi. U yerga kambag’al payg’ambar, kambag’al shahid, kambag’al mo’min kiradi. Ikkinchisi: kambag’allar jannatga boylardan yarim kun oldin kirishadi. U yarim kunning miqdori besh yuz yilga teng. Ular u yerdan xohlaganicha foydalanishadi. Sulaymon ibn Dovud alayhumassalom payg’ambarlardan qirq yil keyin jannatga kiradilar. Bu holning sababi Alloh taolo u zotga payg’ambarlikka podshohlikni ham qo’shib bergandir. Uchinchisi: Alloh pokdir (subhanalloh), Allohga hamd bo’lsin (alhamdulillah) va Allohdan boshqa iloh yo’q (laa ilaha illalloh) va Alloh ulug’ (Allohu akbar) kalimalarini faqr kishi ixlos bilan aytsa va boy ham ularni ixlos bilan aytsa, boyning aytgani kambag’alnikiga yetmaydi. Garchi boy shuning ustiga o’n ming dirham nafaqa qilsa ham. Yaxshi amallarning hammasida ham shu kabidir”, dedilar. Elchi faqirlarning oldiga borib, bu xabarni etkazdi. Ular: “Ey Rabbimiz! Rozimiz. Ey Rabbimiz, biz rozimiz!” deyishdi.                                  
Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot aytadilar: ”Faqirlik dunyoga mashaqqat, oxiratda xursandchilikdir. Boylik dunyoda xursandchilik, oxiratda esa mashaqqatdir.”  
Hasan (Alloh u zotga rahm qilsin) Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallamdan aytdilar: “Qiyomat kuni bir banda keltiriladi. So’ngra dunyoda kishi kishidan uzr so’ragandek Alloh taolo undan uzr so’raydi. Aytadi, ulug’ligimga va izzatimga qasam, xorliging uchun sendan dunyoni to’sganim yo’q , balki sen uchun fazilat va karomatlarni tayyorladim. Ey bandam bu saflarga chiqib, Mening roziligimni istab, seni taomlantirgan yoki kiydirgan kishilarga qara. Ularning qo’lidan tut, ularning ishi senga havola. Butun insonlarni shu kuni ter bosib oladi. U banda saflardan yurib, shunday ish qilganlarning qo’lidan ushlab jannatga kirgizadi”.                                
Hasan roziyallohu anhu Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilar : “Kambag’allarni ko’proq taninglar va ularga infoq qilinglar. Chunki ularning davlati bor.” Sahobalar: “Ey Rasulalloh! Ularning davlati nima? Deb so’rashdi. Javob qildilar: “ Qiyomat kunida ularga, sizlarga bir bo’lak non bergan, bir piyola suv ichirgan  yo kiyim kiydirgan kishilarga qaranglar va ularning qo’llaridan tutib, jannatga kiringlar, deyiladi.                                                              Faqih aytadi: Bilinglar! Kambag’al kishi uchun beshta karomat bor:                        1) Uning amali va savobi boyning amali va savobidan ko’proqdir. Namozda, sadaqada va boshqa amallarda. 
2) Agar u bir narsani xohlab, uni ololmasa, shuning uchun ham unga ajr beriladi.  3) Ular jannatga birinchilardan bo’lib kirishadi.                                                        4) O xiratda ularning hisobi kam bo’ladi.
5) Ularning pushaymonlari ham kamdir. Chunki qiyomat kunida, boylar kambag’al bo’lsak edi, deb qolishadi, faqirlar esa, boy bo’lsak edi, deb orzu qilishmaydi. Bu holatlarning hammasi aniq xabarlarda kelgan. Zayd ibn Aslam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg’ambar solallohu alayhi vasallam aytdilar: “Bir dirham sadaqa yuz ming dirham sadaqadan yaxshiroqdir”. Shunda sahobalar: “Bu qanday bo’ldi, ey Allohning rasuli?” - deb so’rashdi. Javob qildilar: “Bir kishi yuz ming dirhamni molidan chiqaradi  va uni sadaqa qiladi. Ikki dirhami bor kishi bir dirhamni ich-ichidan rozi bo’lib beradi. O’sha dirham egasi yuz ming dirham egasidan afzaldir”. Hasan roziyallohu anhu Payg’ambar solallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildilar: Sahobalar u zot salollohu alayhi vasallamdan so’rashdi: “Agar bizlar bir narsani ko’rib, xohlab, uni olishga kuchimiz yetmasa, bizga ajr bormi?” Rasullulloh aytdilar: “U bilan ajr olmasanglar, nima bilan ajr olasizlar”. Zahhok aytdilar: “Kim bozorga chiqib, bir narsani ko’rib, o’sha narsaga havasi kelsa va ololmaganiga sabr qilsa, bu ishi o’n ming dirhamni Alloh yo’lida infoq qilishdan yaxshidir”.  Payg’ambar solallohu alayhi vasallam aytdilar: “Jannat podshohlarning habarini beraymi?” “Ha”, - deyishdi. Payg’ambar solallohu alayhi vasallam aytdilar: “Mazlum zaiflar, Ular boyvachcha xotinlarga uylana olmaydilar. Ularga yopiq eshiklar ochilmaydi. O’layotganlarida qalbida hojati qolib ketadi. Agar Allohning nomiga qasam ichsa, uni amalga oshiradi”. Hotim Zohiddan rivoyat qilinadi: “Kim to’rt narsani da’vo qilsa, u yolg’onchidir. Allohni yaxshi ko’rishini da’vo qilsa-yu,  harom qilgan narsalaridan taqvo qilmasa;  jannatni yaxshi ko’rishini da’vo qilsa-yu, Alloh toatida molini infoq qilmasa; Rasululloh solallohu alayhi vasallamni yaxshi ko’rishini da’vo qilsa-yu, u kishining sunnatlariga ergashmasa; jannatdagi ulug’ darajalarni da’vo qilsa-yu, miskin va kambag’allar bilan suhbatlashmasa”.    B’azi hakimlar aytadi: “Kimda to’rt narsa bo’lsa, u yaxshilikning hammasidan mahrumdir. O’zidan pastdagilardan o’zini katta tutsa, ota-onasiga oq bo’lsa, kambag’alni past sanasa va miskinlarni miskinlikda ayblasa”.
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar. Payg’ambar solallohu alayhi vasallam aytdilar: “Har bir ummat uchun fitna bor.  Ummatimning fitnasi mol-dunyodir”.
Shunday ekan, har birimiz Alloh bergan boyligimiz, mol-u dunyomizdan muhtoj kimsalarga ehson qilib turmogimiz lozim. Odatda, sahiylikni biz kóproq badavlat odamlardan kutamiz. Aslida, har birimiz qurbimiz yetganicha, imkoniyat darajasida sahovat kórsatishimiz insoniy burchimizdir.
 
Vobkent tuman “Xoja Maxmud Anjir Fag’naviy” masjid imom-xatibi
G’olib domla Ochilov
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:15
Куёш: 05:58
Пешин: 13:10
Аср: 17:50
Шом: 19:30
Хуфтон: 21:05
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram