La’nati shaytonning yoshlarni ig’voga soladigan uch ko’rinishi
19 апрел 2017 й.
4005 марта ўқилди.

 La’nati shaytonning yoshlarni ig’voga soladigan uch ko’rinishi 

Musulmon yoshlar shaytoning ig’vosiga uchib qolmaslik choralarini ko’rib yurishlari lozim . Zotan, la’nati shayton aynan yoshlarni yo’ldan urishiga juda o’ch bo’ladi. Shayton yoshlardan havoyi nafsga ergashishni chiroyli ko’rsatadi. Ularga o’zining doimiy chaqirig’i bo’lmish  “Yoshligingda o’ynab qol, gunoh nima qiladi” degan gaplar bilan vasvasa qiladi. Bu haqda Qur’oni karimda:
Alloh taolo A’rof surasida marhamat qiladi:
     U: “Meni yo’ldan ozdirganing sababli, ularga to’g’ri yo’lingda albatta to’g’anoq bo’laman. So’ngra ularga oldilaridan, orqalaridan, o’ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko’plarini shukr qiluvchi holda topmassan” dedi.(16-17-oyatlar).
Iblis  ushbu vadasini doimo bajarib kelmoqda. Ayniqsa, so’ngi vaqtlarda uning lashkarlari  haddan ziyod ko’paydi. Inson qayerga yuz burmasin, har qadamda ularga duch keladi. Olloh taolo insonga aql va idrok berib, uni sinashni iroda qilgani uchun,  Iblisni emin-erkin qo’yib qo’ygan. Inson aqliga bo’ysinib, Allohga itoat etsa, shaytonga qarshi isyon qilsa, o’zidagi  yovuzlikdan g’olib kelsa, farishtalardan ham ustun bo’ladi. Ammo aqlini ishga solmay, Rahmon hukmini bajarmay, no’to’g’ri, zalolat yo’laridan yursa, iblisdan ham battar  bo’ladi.
Shayton yoshlarni yo’ldan urish uchun o’zining barcha askarlarini ishga soladi. Uning askarlari esa juda ko’p.  Shulardan quyidagi uchtasi ayniqsa bugungi kunda o’ta xavflidir:
1. Yoshlarni ig’voga soladigan shayton malaylaridan eng ashaddiysi nafs shahvatidir.
Bu shahvat yoshlarga boshqa jinsdagi shaxslar bilan: yigitlarga qizlar bilan, qizlarga yigitlar bilan harom- harish aloqalar o’rnatish yo’lida ig’vo qiladi.
Bu shahvat  yoshlarni kashandalik, aroqxo’rlik,  giyohvandlik kabi halokatli illatlar sari chorlaydi. Bu shahvat yoshlarni qimorboz, buzg’unchi va tekintomoq  bo’lishga chorlaydi. Demak, barcha yoshlarimiz, yigit va qizlarimiz la’nati shaytoning ‘’nafs shahvati ‘’ nomli malayidan ehtoyot bo’lishlari lozim.
2. Yoshlarni ig’voga soladigan  shayton malaylaridan yana biri yomon do’stlardir.
Shaytonga malay bo’lgan bunday do’stlar birga o’qiyotgan sinfdoshlari yoki kursdoshlaridan, mahalladan, qavmu-qarindosh orasidan ham bo’lishi mumkin. Shaytonning ushbu turdagi malaylaridan ham har bir yigit- qiz nihoyatda ehtiyot bo’lishi, ularning ig’vosiga uchib, yomon yo’lga kirib ketmaslikka harakat qilishi lozim.
Yoshlarimiz o’zlariga   do’st tanlashda juda ehtiyot bo’lishlari, o’ylab do’st tanlashlari darkor. Ular bilib-bilmay aroqxo’r, qimorboz, buzuq kimsalar bilan do’stlashib qolishmasin. Aks holda, ‘’Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi’’ deganlaridek, yomon do’stning kasofati urib qolishi turgan gap.
3. Yoshlarni ig’voga soladigan shayton malaylaridan yana biri buzuq yo’llarga chaqiruvchi dinlar, firqalar, oqim, hizb va guruhlardir.
Hozirgi kunlarda shaytonning bu turdagi malaylari ham juda ko’paygan. Ular  turli davlatlar, o’lkalar va yurtlarga har tomondan turli yaltiroq nomlar va chaqiriqlar bilan suqulib kirib kelmoqda. Ba’zi sodda yoshlar ularning to’riga tushib qolib, o’zlarining  ota-onalari, oila a’zolari, qavmu qarindosh va yaqinlarini hijolatda qolishlariga sabab bo’lishmoqda. Bunday yovuz kuchlardan yoshlarimiz har lahzada ogoh bo’lib turishlari, o’zliklarini, dinlari, mazhablari, millatlarini unutmasliklari lozim.
Barcha yoshlarimiz la’nati shayton va uning turli-tuman malaylaridan ehtiyot bo’lishlari, ularga zinhor yaqinlashmasliklari kerak. Ularning o’zlariga ashaddiy dushman ekanini bir lahza ham unutmasliklari lozim.
Alloh taolo Fotir surasida marhamat qiladi:
    “Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o’z guruhini faqat o’ta qizigan do’zaxga ega bo’lishlariga chaqiradi”. (6-oyat).
Har bir yosh ushbu oyati karima ma’nosini yaxshi tushinib yetishi, shaytonni o’ziga dushman tutishi hamda uning va malaylarining ig’vosiga uchib qolmasligi uchun o’zlarini ehtiyot qilishlari lozimdir.
Peshko’ tuman “Malishoyak” 
jome’ masjidi imom xatibi: Sh. Rahmonov 
 
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:15
Куёш: 06:55
Пешин: 13:10
Аср: 16:35
Шом: 18:20
Хуфтон: 20:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram