Shaytonga osiy bo‘lish – mo‘minning sifati!
24 май 2022 й.
715 марта ўқилди.

Shaytonga osiy bo‘lish – mo‘minning sifati!
 
Musulmon kishi biror yomon ish qilib qo‘ysa, darhol yaxshilik qilishi lozim. Chunki yaxshilik yomonlikni yuvib ketadi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, imonli kishini har doim shayton vasvasa qilib turadi. Bu bizga, ta’bir joiz bo‘lsa, Odam (alayhissalom)dan qolgan “meros”. Shayton Allohning amriga itoat etmay, Odam (alayhissalom)ga sajda qilmadi. Jannatdan quvilganida odamzodni dushman, deb bildi va qiyomatgacha uning avlodini yo‘ldan ozdirishga ont ichdi.
Alloh taolo marhamat qiladi: “(Iblis) aytdi: “Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta, ularning hammasini yo‘ldan ozdirurman” (Sod, 82).
Said (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi. Rasululloh (alayhissalom) dedilar: “Shayton alayhilla’na Allohga aytdi: “Ey Rabbim! Izzating va jalolingga qasam, modomiki bandalaring ruhlari jasadlarida ekan, men ularni adashtirish, kufr va ma’siyatga boshlash harakatida bo‘laman”. Alloh taolo aytdi: “Ey mal’un! Izzatim va jalolimga qasam. Bandalarim Meni zikr qilishda va Mendan istig‘for so‘rashda bardavom bo‘lar ekan, Men ham ularni kechirishda davomli bo‘laman”.
Ka’bul Axbor (roziyallohu anhu) bunday deydi: “Mo‘minlarga shaytondan himoyalanish uchun uchta qo‘rg‘on bor: masjid; Allohni zikr qilish; Qur’on o‘qish”.
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni masjiddan chiqdilar. Qarasalar, eshik oldida shayton turibdi. Shunda u zot (sollallohu alayhi va sallam): “Seni masjid oldiga nima olib keldi, ey mal’un?!” dedilar. U: “Ey Muhammad! Meni Alloh yubordi”, dedi. “Nima uchun?” deb so‘raganlarida, “Siz xohlagan masala haqida mendan so‘ramog‘ingiz uchun”, deb javob berdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shaytondan birinchi so‘raganlari namoz haqida bo‘ldi:
– Ey Iblis! Nima uchun ummatimni jamoat bilan namoz o‘qishdan qaytarasan?
– Agar ummatingiz namozga kelsa, men isitmalay boshlayman. Bu isitma ular tarqalgunicha mendan arimaydi.
– Nima uchun ummatimni Qur’on qiroatidan qaytarasan?
– Ulat qiroat qilayotgan vaqtlarida men qo‘rg‘oshindek erib tugayman.
– Nima uchun ummatimni hajdan qaytarasan?
– Ular hajga borsa, bo‘ynim va qo‘l-oyoqlarimga zanjir solinadi. Agar ular sadaqa bersa, boshimga arra qo‘yilib, o‘tin arralagandek arralanaman”.
 
 
Shofirkon tuman “Iskogare” jome’ masjid 
imom-xatibi T.Nazarov
 
 
 
 
 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:50
Куёш: 06:40
Пешин: 13:10
Аср: 17:30
Шом: 19:10
Хуфтон: 20:30
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram