TAROVEH NAMOZINING FAZILATI
19 март 2025 й.
130 марта ўқилди.

TAROVEH NAMOZINING FAZILATI

Taroveh namozi Ramazon oylarida ado etiladigan go‘zal nafl namozi bo‘lib, uning juda ko‘p fazilatlari bor. Ramazon kunlari ulug‘ kunlari hisoblangani sababli, uning har bir kunida ado qilingan taroveh namozining alohida fazli sobitligi e’tiborlidir. Taroveh namozining fazilatlari haqida hazrati Ali roziyallohu anuhu so‘ralganlarida, ul janob shunday dedi: “Payg‘ambar (s.a.v.)dan mohi Ramazonda taroveh namozini ado etish fazilatlari haqida so‘radilar. Rasuli akram (s.a.v.) shunday javob berdilar:
Birinchi kechada taroveh o‘qigan mo‘min onasi tuqqan kundagidek gunohdan chiqqay.
Ikkinchi kechada tarovehni o‘qisa, agar ota-onasi musulmon bo‘lsa, Alloh taolo ularning gunohlarini mag‘firat qilur.
Uchinchi kechada tarovehni o‘qisalar, bir farishta: “Xolis qilg‘il amalni, Alloh taolo mag‘firat qildi”, – deb ovoz qilgay, ya’ni Alloh taolo ilgarigi gunohlaringni kechdi, deb ovoz qilur.
To‘rtinchi kechada taroveh o‘qisa, Tavrot, Injil, Zabur va Qur’onning savobini topgaylar.
Beshinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo xonai Ka’baning ichida, Madinai Munavvaraning masjidida va Masjidi Aqsoda namoz o‘qigandek savob bergay.
Oltinchi kechada taroveh o‘qisa, Baytu-l-Ma’murni tavof qilgan kishining savobini bergay va toshlaru qumlarning hammasi uning uchun istig‘for aytgay.
Yettinchi kechada taroveh o‘qisa, go‘yoki u Muso (a.s.) ni topibdi va Muso (a.s.)ga Fir’avn va Homonga qarshi yordam qilibdi.
Sakkizinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga bergandek savob bergay.
To‘qqizinchi kechada taroveh o‘qisa, go‘yoki Alloh taologa Payg‘ambar (a.s.)ning qilgan ibodatlaridek ibodat qilibdur.
O‘ninchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratning yaxshiligini nasib qilgay.
O‘n birinchi kechada taroveh o‘qisa, dunyodan onasining qornidan yangi tug‘ilgandek bo‘lib chiqqay.
O‘n ikkinchi kechada taroveh o‘qisa, qiyomat kunida yuzi o‘n to‘rt kunlik oydek bo‘lib kelgay.
O‘n uchinchi kechada taroveh o‘qisa, qiyomat kunida barcha yomonlikdan salomat bo‘lgay.
O‘n to‘rtinchi kechada taroveh o‘qisa, farishtalar kelib, bul kishi taroveh namozini o‘qigan, deb unga guvohlik bergay. Bas, Alloh taolo ro‘zi qiyomatda hisob qilmagay.
O‘n beshinchi kechada taroveh o‘qisa, barcha farishtalar, shu jumladan, Arshu Kursiyni ko‘targan farishtalar ham ul kishiga salavot yuborgaylar.
O‘n oltinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo otashi do‘zaxdan xalos topmog‘i va jannatga kirmog‘iga hukm qilgay.
O‘n yettinchi kechada taroveh o‘qisa, unga payg‘ambarlarning savobidek savob berilur.
O‘n sakkizinchi kechada taroveh o‘qisa, ey bandai Xudo, Alloh taolo sendan albatta xushnuddir va sening ota-onangdan ham rozidir, deb bir farishta ovoz qilur.
O‘n to‘qqizinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo jannatu-l-firdavsda martabalarini baland qilur.
Yigirmanchi kechada taroveh o‘qisa, shahid va solih kishilarning savobi berilur.
Yigirma birinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga jannat ichida nurdan bir bino barpo qilur.
Yigirma ikkinchi kechada taroveh o‘qisa, Qiyomat kuni barcha g‘am-anduhlardan omon bo‘lgan holda kelur.
Yigirma uchinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo jannatda ul kishiga bir shahar bino qilur.
Yigirma to‘rtinchi kechada taroveh o‘qisa, yigirma to‘rt duosi qabul bo‘lur.
Yigirma beshinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo ul kishidan go‘r azobini ko‘targay.
Yigirma oltinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga qirq yillik savobni ato qilgay.
Yigirma yettinchi kechada taroveh o‘qisa, sirot ko‘prigidan yashindek o‘tgay.
Yigirma sakkizinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo jannatda uning darajasini baland qilgay.
Yigirma to‘qqizinchi kechada taroveh o‘qisa, Alloh taolo: “Ey, bandam, jannat mevasidan yegil, Salsabil suviga cho‘milgil, Kavsar suvidan ichgil, men Parvardigoringdurman va sen Mening bandamdursan”, – degay”.
Sunnatulloh Faxriyev, Hazrati Bobo jome masjidi imom-xatibi 
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:47
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram