Terrorizm tahdidi.
25 март 2018 й.
«орқага
3503 марта ўқилди.
Terrorizm tahdidi.
Yangi ming yillikda insoniyat yana bir og’ir muammoga kuch keldi. Bu xalqaro terrorizm balosidir. Darhaqiqat, terrorizm insoniyat dushmani. Dushmanni daf etish uchun esa uni yaxshilab o’rganishimiz, kelib chiqishi va uning yoyilishiga zamin yaratgan omillarni aniqlab olishimiz lozim. Terrorchilik bu nafaqat begunoh odamlarning qurbon bo’lishi, jismoniy jabrlanishi, ma’naviy zarar ko’rishi balki bemisl iqtisodiy yo’qoyishlar hamdir.
Bugungi kunda terror insoniyatga qarshi urush e’lon qildi. Bu urushning hususiyati shundagi, dushman ko’zga ko’rinmaydi, uning front chizig’i ham yo’q. Insoniyat bugun terrorizmga qarshi ayovsiz urush jabhasida turibdi. Bu ma’rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi urushdir. Hozirgi kunda asosiy kuch va harakat terrorchi ijrochilarni tutishga, jazolashga qaratilmoqda. Bu ham kerak. Lekin asosiy diqqatni insoniyatni bu yo’lga olib kirayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, g’oyaviy asoslariga qaratmoq davrimizning kechiktirib bo’lmas talabidir.
Terrorizm bugun paydo bo’lgan hodisa emas, uning tarixi uzoq. Biroq o’tmishda sodir etilgan terrorchilik harakatlarini hozirgi terror bilan solishtirib bo’lmaydi. O’tmishda terror alohida kishilarga qaratilgan bo’lib, uning amalga oshishi nihoyatda murakkab bo’lgan. Bunda ko’pincha qirollar, monarxlarga suiqasdlar uyishtirilgan. Zamonaviy terroristik harakatlarning harakteri bir muncha o’zgargan desak bo’ladi. Ilgari aniq bir shaxs fuqaro hayotida suiqasd qilish yoki yuragiga vahima va qo’rquv solish maqsad qilingan bo’lsa, bugun hukumatga butun demokratik jamiyatga vahima solish, barqarorligini izdan chiqarishga harakat qilinmoqda. Terrorizmning bugundi holati alohida hususiyatga ega bo’lib, asosan yoshlarga mo’ljallangan, negaki, ular hali aqlan va ma’nan yetilmaganligi tufayli radikal, milliy va ijtimoiy, diniy g’oyalarga tez ilinadilar. Mutahasislarning takidlashicha, terrorizmni amalga oshirishda muhim siyosiy vosita terrorizmga oid tushunchalarni sohtalashtirish hisoblanadi. Natijada terrorizmni “ahloqli” qilib ko’rsatishga xizmat qiluvchi ”ozodlik” qo’riqchisi, “inson huquqlarini himoyachisi” kabi g’oyalarni keng miqyosda targ’ib etish terrorizmni “ umumbashariy qadriyatlar” ning qo’riqchisi sifatida ko’rsatadi. Terrorizm qanday “jozibali”g’oyaga tayanmasin va qaysi hududda makon topmasin bugun xalqaro terrorizmni qaysi ma’noda oqlasdhga urinish ulkan siyosiy xato bo’lib, ertaga insoniyat boshiga ulkan falokatkar yog’dirishiga sabab bo’lishi shak-shubhasiz.
Bilim yurti o`quv ishlari bo`yicha mudira
muovini v.b Husnigul Halimova