Umr g‘animat
03 декабр 2022 й.
509 марта ўқилди.

Umr g‘animat

Umrimizni ancha vaqtini o‘tqazib qo‘ydik. Umrni yoshga qarab nisbat berishlik to‘g‘ri emasligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Har kun tashqariga chiqarkanmiz, tobutda kimnidir bu dunyodan, oxirat dunyosiga, abadiy dunyoga kuzatib qo‘yishayotganiga guvohmiz. Qabrlar biz kabilar bilan to‘lib yotibdi. Har bir daqiqamiz bizni qabrga yetaklayotganini bilayapmizmi o‘zi.? 
Tafakkur qilaylik! Dunyodan rohatlanib qoldik-ku. Gunohlarni kamini qildikmi?  Alloh tavbamizni qabul qiladi deb nimamizga ishonayapmiz?  Dinimiz go‘zal alhamdulillah, Allohni rahmatidan noumid emasmiz. Lekin qilayotgan ishlarimizni o‘ylamasak, bizni ham bugun tobutda etib qo‘yajaklar. Bu kabı amallar bilan qabrda tilimiz aylanmaydi (Alloh panoh bersin).
Habibimiz Muhammad s.a.v. ning oldilarida turishga bizlarga ruxsat bormikin?! Farishtalar biznı  bu ıshlarımız bılan  rasulullohning oldilaridan haydamasmikin. Robimiz Alloh oldidachi, tura bilarmikinmiz? 
Shayton bizga amallarimizni go‘zal qilib ko‘rsatib turibdi, biz esa qaysidir amallarimizga ishonayapmizmi?
Bu dunyodagı rohat-u farog‘at nima uchun ekanligini o‘ylamaymizmi? Alloh bizlarga shu dunyoda qilayotgan ibodatlarimizni mukofoti emasmikin (Alloh asrasin)
Keling! Ma’siyatdan Allohga qaytaylik, Allohning roziligi uchun Undan mag‘firat so‘rab tavba qilaylik. 
Ya Robbi, biz ojizlarni kechirgin! Senga qaytdik Alloh   

وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعاً أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 
BARCHANGIZ ALLOHGA TAVBA QILING, HOY MO‘’MINLAR! SHOYADKI SHUNDA NAJOT TOPSANGIZ… (Nur surasi 31-oyat).

Buxoro shahar “Abu Bakr As-Siddiq” masjidi imom-noibi   Dilshod Xodiyev






 



 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:45
Куёш: 07:40
Пешин: 13:10
Аср: 16:40
Шом: 18:20
Хуфтон: 19:55
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram