Vaqt – oltindan qimmat
16 декабр 2024 й.
151 марта ўқилди.
Vaqt – oltindan qimmat
Inson hayotidagi vaqt nima, undan qanday istifoda qilish va uning mohiyati nimada, degan savollarga ayrim hikmat ahli shunday zarbulmasal orqali javob beradi. Vaqt – go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligigia qarab hayot aziz va bebaho bo‘ladi. Agar iplar yomon va to‘zigan bo‘lsa hayot ham tuban, bema’no va mazmunsiz bo‘ladi. Rasuli akram (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
“Qiyomat kunida bandaning qadami to to‘rt narsadan so‘ralmaguncha joyidan jilmaydi: umrini qanday o‘tkazgani, yoshligida nima qilgani, molini qayerdan topib, nimaga sarf qilgani, ilmiga qay darajada amal qilgani haqida” (Imom Termiziy rivoyati).
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: “Har kun tong yorishganda Alloh taolo tomonidan bir jarchi: “Ey Odam bolasi! Men yangi kunman. Sening barcha amalingga guvohman. Mendan bu kunda solih amallar qilib, foydalanib qol, chunki men to qiyomatgacha senga qaytmayman, – deb jar soladi”.
Ulug‘ Ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali ish qilishga, go‘zal axloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo‘lida sarf qilishda doim ogoh va sergak edilar. Shuning uchun ham ularning bugunlari kechagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a’lo va afzal bo‘lardi.
Bekzod Adizov,
Shofirkon tuman Xoja Orif Mohitobon ar Revgariy Mohitobon
masjidi imom-noibi
«орқага