VАTАNGА SАDOQАT - OILАGА SАDOQАT
07 сентябр 2021 й.
738 марта ўқилди.
VАTАNGА SАDOQАT - OILАGА SАDOQАT
Har bir inson kindik qoni toʼkilgan vatanini, mustaqil yurtni asrab avaylashi inson uchun goʼyo oʼz oilasini, shaʼnini, or nomusini, iymon eʼtiqodini himoya qilishligidir.
Shu bois har bir kishi yurtimizda tinchlikni asrab avaylash, mustahkamlash yoʼlida oʼz burchini sidqu dildan bajarishi lozim, ayniqsa ona vatanini himoya qiladigan, jabhalarda xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi oʼziga topshirilgan vazifasini Аllox taoloning roziligi va insonlar huzuridagi ulugʼ masʼuliyat deb bilmogʼi va harbiy qasamyod vaʼdalarini bajarishi lozimdir. Shuningdek Vatan himoyasi faqat harbiylarni emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar-oʼqituvchi yoki shifokor, tadbirkor yoki bogʼcha tarbiyachisi boʼladimi oʼz vatanini, xalqini himoya qilishi kerak.
Himoya deganda faqat qoʼliga qurol olib emas, kerak boʼlsa soʼz bilan, johil kimsalarga raddiya berish bilan, vatanga tosh otuvchilarga va igʼvogarlarga qarshi ilm bilan, inson oʼz yurtini, millatini, xalqini himoya qilishi zarur. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qiligan xadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki Аlloh yo’lida bir kun yoki bir kecha chegara poylasa, unga ming kecha uxlamasdan ibodat qilib Ming kun nafl roʼzasi tutgandan afzaldir", deganlarini eshitdim deyiladi. (Hakim rivoyati).
Imom Nasaiydan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa Sarxadni qoʼriqlab turganda halok boʼlsa, unga ham xuddi shunday savob mukofoti boʼladi va shahidlik maqomi berilib barcha fitnalardan ozod boʼladi deyiladi .
Muqaddas dinimiz tarixida vatan obrusini, dinini himoya qilganlarga ulugʼ martabalar borligi xaqida maʼlumotlar juda koʼb.
Аbu Rofiʼ rivoyat qilgan hadisda Paygʼambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi vasallam) taʼlim berganlaridek farzandlarimizga yoshligidanoq chavandozlik, merganlik, suvga suzish kabi mashqlarni puxta oʼrgatish, ularni ona vatanga, el yurtga sadoqat ruhida buyuk ajdodlarimiz kabi iymon eʼtiqodli etib tarbiyalashimiz bizning eng muhim vazifamizdir.
Shofirkon tuman “Said Аto” jome
masjid imom-xatibi L. Isoyev
«орқага