Islomda yolg’onga qanday qaraladi.
08 март 2018 й.
17076 марта ўқилди.

 

Islomda yolg’onga qanday qaraladi.

     Islom talimotlariga kura balogatga yetgan har bir insoning barcha manavay jinoyatlari, Jumladan, zarracha yolg’oni ham jazosiz qolmaydi. Har bir yolg’oni nomai a’moliga yozib boriladi va ular uchun qiyomat kuni jazosini albatta oladi. Yolg’onchi Ollohni dushmani hisoblanadi va qiyomatda eng og’ir azoblar ila jazolanadi. Umuman olganda, ozgina-bulsada, Allohga imoni mavjud, qiyomatdan umidi bor insonlardan tashkil topgan jamiyatda zarracha yolg’onga o’rin qolmaydi. Shuningdek bunday jamiyatning kattayu-kichik, erkagu-ayol, fuqaroyu-ulamo, kambag’alu-amaldorlari ham hech qachon yolg’on gapirmaslikka harakat qiladilar. Yolg’on faqat yog’onchining shaxsiga emas yoki yolg’ondan bevosita zarar topuvchigagina emas, balki butun jamiyatga, insoniyatga zarar yetkazadigan katta ma’naviy jinoyatdir. Shuning uchun ham Islomda bu razolatga nisbatdan o’ta murosasiz munosabatda bo’lingan va unga hech yo’l qo’ymaslikka harakat qilingan. Imom ibn Hojar va Imom Zahabiry: “Uzrsiz yolg’on gunohi kabiradir”,  deganlar. Alloh taologa va rasululloh s.a.v ga qasddan yolg’on to’qish kufrdir. Quroni karimda yolg’on haqida 167 oyat bor. Jumladan Alloh taolo Nahil surasining 105-oyatida marhamat qiladi.

“Yolg’onni faqat Allohning oyatlariga imon keltirmaydiganlargina

to’qirlar. Ana o’shalar  o’zlari yolg’onchilardir”, degan.

       Bu oyati karimda uqtirilishicha. Aslida yolg’onni faqat iymonsiz kofirlargina to’qiydilar, chunki kofirlarda savob, gunoh degan tushincha yuq. Yolg’on gapirsa, gunoh bo’lishiga, u dunyoda azoblanishiga  ishonch  bo’lmagani uchun ham o’ylamasdan  yolg’on to’qiyveradilar. Mo’minlar esa yolg’onni katta gunoh deb biladilar. Yog’on gapirish tufayli oxiratda azobga duchor bo’lishlaridan qo’rqadilar. Islomda  boshqalar uchun arzimas narsa hisoblangan yolg’onga jiddiy e’tibor beriladi, unga qarshi kurashiladi.

      Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Hurayra r.a dan qilingan rivoyatda Rasululloh s.a.v “Kim bir go’dak bolaga mana buni ol desa-yu, hech narsa bermasa, u odam yolg’onchi bo’ladi”, dedilar. Ushbu hadisni bugungi kunimizga solishtirib ko’rsak, atrofimizda nimalar bo’layotganini yana ham aniqroq tushinamiz. Yolg’onchilik tufayli boshimizga tushgan musibatlar qilmishimizga taqqoslab ko’rilganda, bu ko’rguliklarimiz hali oz ekanini bilib olamiz. Yolg’onchilik barcha razolatlarning aslidir. U jamiyatni parchalaydi, barcha ezgu ishlarni buzadi va o’z egasining obro’sini to’kadi. Odamlar yolg’onchining gapiga ishonmay qo’yadilar va unga biror ishni ishonib topshirmaydigan bo’ladilar. Hayotning har qanday sohasida – xoh oldi-sotdi muomalalarida bo’lsin, xoh ishlab chiqarish sohasida bo’lsin, xoh maishiy xizmat sohasida bo’lsin, kishilar o’rtasida o’zaro ishonch bo’lmog’i lozim. Yolg’on esa ishonchni yo’qqa chiqaradi. Shuning uchun ham Alloh yolg’onchilarni yo’ldan adashganlar qatoriga qo’shadi. Bu haqda G’ofir surasining 28-oyatida marhamat qiladi.

“Albatta, Alloh haddidan oshgan, kazzob shaxsni hidoyat qilmas”.

      Ushbu oyati karimada kazzob shaxs haddidan oshgan kishi bo’lishi ta’kidlanmoqda. Bunday yolg’onchi odam gap-so’zida haddidan oshishi kelib chiqadi. Eng daxshatlisi, yolg’onchini Alloh taolo hidoyat qilmas ekan. Rasululloh s.a.v ning sunnatlari, hadislarida ham yolg’on gapirish qattiq qoralanadi. Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilingan hadisda. “Rasululloh s.a.v Munofiqning belgisi 3ta: agar so’zlasa, yolg’on so’zlaydi, va’da qilsa, bajarmaydi va unga omonat topshirilsa, xiyonat qiladi”, dedilar.

      Demak, yolg’onchilik munofiqlikning birinchi yetakchi sifatidir. Yolg’on gapirgan odam munofiqlikning uchdan birini qilgan bo’ladi. Albatta, yolg’onchi va’dasida turmaydi, ahdiga vafo ham qilmaydi. Oqibatda, yolg’onchi bunday odam to’liq munofiq bo’ladi. Munofiqlik esa kofirlikdan ham yomonroqdir. Munofiqlar Quroni Karimning ta’biri bilan aytganda, jahannamning eng to’ridan joy oladilar. Bu dunyoyu u dunyoning baxtiga erishmoqchi va ikki dunyoning azob-uqubatidan, sharmandaligidan qutilmoqchi bo’lsak, yolg’ondan qutulishimiz zarur ekan. Bu ishda kattayu kichik, erkagu ayol, fuqaroyu amaldor, shohu gado barobar harakat qilmog’i lozim. Ana shundagina yaxshilikdan umid qilsak bo’ladi. Alloh taolo barchamizni yolg’onchilikdan va yolg’onchilarning kasridan O’zi asrasin.

 

“Malishoyak” jom’e masjidi

imom xatibi  Sh.Rahmonov

 

 

 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:00
Куёш: 05:48
Пешин: 13:10
Аср: 18:00
Шом: 19:40
Хуфтон: 21:20
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram