YOMON ISMLARDAN QAYTARISH
05 ноябр 2016 й.
8101 марта ўқилди.

 YOMON ISMLARDAN QAYTARISH

 
    Farzand_bu Alloh taolo tomonidan inom etilgan eng ulug' ne'mat. Zero, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:"Farzand hidi_jannat hididandir. Farzand dunyoda nur, oxiratda xursandchilikdir", deb marhamat qilganlar.
    Shunday ekan, Islom shariatida otaning zimmasida farzand haqlaridan biri, unga chiroyli va ma'nosi go'zal bir ism qo'ymoqlikdir. Ism egasining xulq atvoriga ta'sir qiladi. Qiyomat kunida ham insonlar ismi bilan chaqiriladi.
    O'g'il bolalarga payg'ambarlarning muborak ismlarini qo'yish maqsadga muvofiqdir. Ismlarning eng yaxshirog'i Abdulloh, Abdurahmon, Muhammad, Ahmad va shu kabilardir.
    Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ma'nosi yomon ismlarni o'zgartirar edilar. Masalan, hazrati Umar roziyallohu anhuning qizlari Osiyo (gunohkor) ismini Jamila (go'zal) deb o'zgartirganlar.
    Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: "Men urushni yaxshi ko'rardim. Hasan tug'ilganida uni Harb (urush) deb nomladim. Nabiy alayhissalomga buni aytgan edim, u zot: "Yo'q, bu Hasandir" (chiroyli) dedilar. Husayn tug'ilganida esa unga ham Harb deb nom qo'ydim. Shunda Rosululloh sollalohu alayhi vasallam: "Yo'q, bu Husayn" (kichik Hasan) dedilar. So'ngra u zot: "Men bu ikkalasini Horunning ikki o'g'li Shabar va Shubayrlarning nomi bilan nomladim", dedilar.
    Farzandga yaxshi ism qo'ygandan keyin, uni chala-yarim qilmay, to'liq va go'zal talaffuz qilish kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak ismlarini farzandlarga qo'yish mumkin, hattoki bu fazilat hisoblanadi.
    Farzandga bunday ismlarni qo'ygandan keyin unga dashnom berish, so'kish, la'natlash va masxara qilish mumkin emas. Afsuski, xalqimiz orasida ismni qisqartirib aytish odatga aylanib qolgan. Bu yomon odatning boshlanishi avvalo oiladan, ota-onadan bo'ladi. Masalan, Abdulloh ismini Abdu deb chaqirish yoki Muhammad ismini Mamat deb chaqirish bu ism egasiga bo'lgan hurmatsizlikdir. Qolaversa, chaqirgan kishining fasohat va madaniyatdan uzoqligiga dalolat qiladi.
    Payga'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zlarining muborak hadisi shariflarida shunday deganlar: "Qachonki bolangizga Muhammad deb ism qo'ysangiz, albatta unga hurmat ko'rsatinglar. U o'tirgan joyni keng va ochiq qilinglar. Unga achchiq va qattiq yuz bilan boqmanglar".
    Yana bolaga ma'nosiz va xalq orasida xijolat chekadigan ism qo'yish umuman durust emas. Masalan: Qo'chqor, Bolta, Tesha, O'roq, Chori, Panji, va hokazo…
    Shuningdek, ota-ona, ustoz va katta yoshdagi kishilarning ismlari bilan o'zlariga murojaat qilish hamda er-xotin bir-birlarining ismlarini aytib chaqirishlari odobsizlik sanaladi.
    Chala yoki o'lik tug'ilgan bolaga ham ism qo'yish kerak. Agar farzand jonsiz tug'ilsa yoki tug'ilganidan so'ng nobut bo'lsa, u holda ota-ona qattiq aziyat chekmasin. Alloh taolodan savob umidida sabr qilsalar, shu farzandlari qiyomat kunida do'zax o'tidan parda bo'lsa ajab emas.
    Allah taolo barchalarimizga salohiyatli farzandlardan ato aylab, O`zining to'g'ri yo'lidan aslo adashtirmasin.
 
Olim Karimov
Peshku tuman “Bobo-arab” masjidi imom xatibi
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 06:15
Куёш: 06:51
Пешин: 13:10
Аср: 16:35
Шом: 18:20
Хуфтон: 20:00
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram