YOMONLIKDAN QAYTARING!
24 январ 2024 й.
673 марта ўқилди.

                                                       YOMONLIKDAN QAYTARING!

Dinimizda mo’min musulmonlar bir birlarini yaxshi ishlarga targ’ib qilib, yomon ishlardan qaytarishga buyurilgan. Shunday qilishmasa, yaxshilar ham yomonlar bilan birday azobga duchor bo’lib qolishidan ogohlantirilgan. Alloh taolo kalomida: “Bas, kim zarra og’irligida yaxshilik qilsa ham ko’radir. Va kim zarra og’irligida yomonlik qilsa ham ko’radur” (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar).
Yana buni tushunish uchun ibratli hadisni o’qishimiz kifoya. No’mon ibn Bashir rivoyat qiladi:  Rasulluloh sollalohu alayhi va sallamdan bunday deganlarni eshitdim: “Allohning buyruqlarini bajaruvchi, jim kuzatuvchi va isyon qiluvchi. Bular uch kishiga o’xshaydi: Ular bitta kemada bo’lib, kemadagi joylari uchun qur’a tashlab, biri tepa, ikkinchisi o’rta, uchunchisi pastki qavatga joylashdi. Shunda pastki qavatdagisi chopqini qo’lga oldi. O’rta va tepa qavatdagilar undan nima qilmoqchi ekanini so’rashdi.
U-Suvga yanada yaqinroq bo’lish, chiqindilarim va hojatimni chiqarib tashlash uchun bir teshik ochmoqchiman,-deb javob berdi.
Shunda ulardan biri (o’rtadagisi) ikkinchisiga(tepadagiga)- qo’y shu axmoqni. Alloh jazosini bersin. O’zining qavatida nima qilsa qilaversin,-dedi.
Uchunchisi esa:
-Yo’q, uni o’z holiga qo’yib, kemani teshishiga indamay qarab turmaylik. Yo’qsa, u o’zini ham, bizni ham halok qiladi,- dedi.                                                   
Endi agar ular sheriklarining kemani teshishiga monelik qilishsa, hammalari najot topadi. Agar oralaridan biri aytganidek, qarshilik qilmay, loqayd bo’lishsa, hammalari halok bo’lishadi” (Ahmad ibn Hanbal Musnad).
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugungi kunda  jamiyat ichida bo’layotgan yomonliklarga  zulm, tuhmat, poraxo’rlik, noshkurchilik, va xiyonat qilayotganlarni bilsak yoki shu ishlarni ustida guvohi bo’lsak ularni o’z vaqtida yomon illatlardan qaytarmog’ligimiz lozim bo’ladi. Aks holda jamiyatning yaxshilari yomonlarni gunoh ma’siyatdan qaytarmaganligi uchun ikki dunyoda yomonlar bilan birgalikda yaxshilar ham javobgar bo’ladi. 
Alloh barchamizni xayrlik ishlar ustida jamlab, oxirini muvoffaq aylasin!

Azizbek Ashurov
"Xoja Orif Mohitobon" masjidi imom-xatibi
 
«орқага

Бухоро -
Бомдод: 05:55
Куёш: 06:32
Пешин: 13:10
Аср: 17:10
Шом: 18:55
Хуфтон: 20:25
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram