Zulm va xiyonatdan saqlanaylik
13 май 2025 й.
113 марта ўқилди.

Zulm va xiyonatdan saqlanaylik
Bismillahir rohmanir rohiym.
Bugun qalbimni ezayotgan, ko‘nglimni bezovta qilayotgan og‘ir bir masala haqida gapirmoqchiman. Bu — yer talashish, qo‘shni bilan chiqishmaslik, nohaq birovning yeriga ko‘z olaytirish, hatto uni egallab olish kabi illatlar haqida.
Alloh taolo Qur’oni karimda deydi: “Zolimlar har doim ziyon ko‘rguvchidir” (An’am surasi, 45-oyat). Zolim degani — birovning haqiga ko‘z tikkan, u rozi bo‘lmagan narsani tortib olgan, bosib olgan, qiynagan inson. Yer esa — bu dunyodagi eng muqaddas ne’matlardan biridir. Unda biz yashaymiz, uni ekip rizq-ro‘zimizni topamiz, farzandlarimizni voyaga yetkazamiz.
Lekin afsuski, bugun ba’zilar o‘z nafsiga erk berib, qo‘shnisining yeriga ega chiqmoqchi bo‘ladi. “Qarich yer, baraka bilan o‘lchanadi” deganlar. Halol bo‘lmagan yer — yomon oqibat keltiradi. Uning ustida baraka bo‘lmaydi, farzand kamol topmaydi, ro‘zg‘ori butun bo’lmaydi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qilganlar: “Kim bir qarich yerda birovning haqini nohaq olsa, u yer qiyomat kuni bo‘yniga tog‘day osiladi” (Buxoriy rivoyati). Endi ayting-chi, bunday dahshatli oqibatga loyiq bo‘lishni xohlarmidi bir musulmon banda?
Yana bir og‘riqli masala — yo‘l haqlari. Har bir inson o‘z yeriga erkin kirib-chiqish huquqiga ega. Kimki birovning yo‘lini to‘sadi, u nafaqat qonun, balki din oldida ham javobgar bo‘ladi. Bu hayotda yo‘lni to‘sish — rizqni, najotni to‘sish bilan barobar. Kimki yo‘l berar ekan, go‘yo do‘stlikka, mehr-oqibatga, savobga yo‘l ochadi.
Azizlar  Keling, qalblarimizni tozalaylik. Kim biladi, ertaga o‘sha bir qarich yerni olib ko‘nglini og‘ritgan qo‘shningiz sizga janoza o‘qir, siz uchun haqqingizga. duo qilar . Uning ko‘z yoshlari bizni narigi dunyoda qiynamasin. Har bir qarorimizda halollik, har bir qadamingizda sabr va adolat bo‘lsin.
Qani, keling, yerda emas — qalbda chegarani belgilaylik. Yer ustida emas — imon asosida yashaylik. Yangi avlodga bizdan adolat, halollik va mehr qolib ketsin.
Alloh hammamizni zulm qiluvchilardan emas, haqlarni himoya qiluvchilardan qilsin. Omin.

Olot tumani bosh otinoyisi T.Botirova
 

 

«орқага

Бухоро -
Бомдод: 04:30
Куёш: 05:14
Пешин: 13:10
Аср: 18:35
Шом: 20:20
Хуфтон: 21:50
Тўлиқ тақвим »
ТАСАВВУФ » Маърифий ислом »
Сайтдан излаш
Telegram